YUNЕSKODA OLIY TA’LIM SOXASIDAGI MALAKALARNI TAN OLISH TO?G?RISIDAGI GLOBAL KONVENSIYA LOYIHASI MUXOKAMADA

26.03.2019 09:51

2019 yil 18 – 23 mart kunlari Parij shahrida YuNЕSKO bosh qarorgohida Oliy ta’lim sohasidagi malakalarni tan olish to‘g‘risidagi Global Konvensiya loyihasining ikkinchi muxokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Mazkur tadbirda YuNЕSKOga a’zo va xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan 68 ta davlatdan 196 nafar ekspertlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshkarmasi boshlig‘i A.Nasirov ham katnashdi.

Ushbu loyiha muhokamasi bo‘yicha ekspertlarning birinchi yig‘ilishi 2018 yil 5-7 dekabr kunlari o‘tkazilgan bo‘lib, unda ham bir qator fikrlar bildirilgan.

Tadbirda O‘zbekiston tomonining ishtiroki YuNЕSKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Milliy komissiya, O‘zbekiston Respublikasining YuNЕSKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4119-sonli qaroriga ko‘ra, xorijiy davlatlarda berilgan ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiya qilish tartibini takomillashtirish bo‘yicha bir qator yengilliklar joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida Respublikada mas’ullar oldiga, jumladan Ta’lim siftatini nazorat qilish inspeksiyasiga ham qator xorijiy tajribalarni o‘rganish vazifasini yuklaydi. YuNЕSKO bosh qarorgohida o‘tkazilgan ushbu tadbir aynan xorijda ta’lim olgan yoshlarning malakalarini tan olish masalalariga bag‘ishlandi.  

 Butun dunyoda ta’lim oluvchilar, oliy ta’lim talabgorlari, ilmiy tadqiqot olib boruvchilar yoki bir mamlakatdan boshqasiga borib ishlayotganlar soni kundan-kunga ortib bormokda. Bugun ularning soni 4 milliondan oshgan bo‘lsa, tez vaqt ichida 8 millionga yetishi kutilmokda, hamda bu o‘sish o‘z navbatida mamlakatlar o‘rtasida oliy ta’lim olishni ta’minlash uchun bir xil yondashuvni, talabgorlarning malakasini tan olish talablarini soddalashtirishni, ushbu yunalishdagi munosabatlarni muvofiqlashtirish ehtiyojini vujudga keltirmokda.

 Ushbu muammolarni oldini olish uchun YuNЕSKO tomonidan ta’lim sohasidagi malakalarni tan olishga doir Global Konvensiya qabul qilish, bunda mamlakatlarning xududiy joylashuvidan qat’iy nazar ehtiyojlari va muammolariga yechim bo‘ladigan yagona xujjat ishlab chikish ustida ish boshlangan. Shu maqsadda tayyorlangan mazkur Global Konvensiya loyihasi preambula, terminologik sharx, Konvensiyaning maqsadi, malakani tan olishning asosiy prinsiplari, tomonlar majburiyatlari, Konvensiyani amalga oshirish va hamkorlik bo‘yicha tuzilmalar hamda xulosaviy qismlardan, jami 6 ta bo‘lim, 25 ta moddadan iborat.

 Xorijiy davlatlarda ta’lim olish, ishlash va bu borada o‘qigan davlatida olingan malakani va hujjatini boshqa bir davlatda tan olinishi ikki xil maqsadda amalga oshirilishi, ta’lim olishni keyingi bosqichda davom ettirish ya’ni akademik tan olish uchun hamda ikkinchisi kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun tan olishni ko‘zda tutadi.

 Bugun ushbu masalada 58 ta davlat tomonidan ratifikatsiya qilingan Lissabon konvensiyasi hamda Osiye va Tinch okeani xududlari bo‘yicha Tokio, Afrika davlatlari uchun Addis konvensiyalari amalda qo‘llanilib kelinmokda. Barcha konvensiyalar YuNЕSKO tomonidan muvofiqlashtiriladi.

 Muhokamadagi Global konvensiya loyihasi ulardan farqli ravishda xudud tanlamagan xolda tartib belgilashga qaratilgan, zero ta’lim olish bugungi kunda chegara bilmasligi davr talabiga aylanmokda. Ushbu Konvensiya muhokamasi yakuni bo‘yicha tahririy guruh ishini davom ettiradi va YuNЕSKOning 2019 yilning noyabr oyida o‘tkaziladigan 40-yalpi Konferensiyasida mazkur Global konvensiya qabul qilinadi.

 Konvensiya preambulasida ehtiyojlar, asosiy terminologik sharh bo‘limida matnda uchrayotgan barcha terminlarning muhokama qilingan 6 ta tilda, fransuz, ingliz, arab, xitoy, rus va ispan tillarida bir xil tushunilishi hamda barcha davlatlarda tushunarli holda ishlatishiga e’tibor berildi. Konvensiyaning maqsadlari oliy ta’lim soxasida xalqaro munosabatlarni kengaytirish va mustaxkamlash, innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro manfaatlarni hurmat qilish, oliy ta’lim olishda global mobillik va butun umr davomida ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytiish, oliy ta’lim olishda milliy va xalqaro xususiyatlarni inobatga olish kabi bandlar qamrab olingan.

 Konvensiyada xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi malakalarni akademik yoki kasbiy tan olishda muddat imkon darajasida qisqa bo‘lishi, to‘lov mikdori talabgor uchun hamyonbop bo‘lishi, har bir davlatdagi vakolatli organ barcha murojaatlarga bir xil mas’uliyat bilan shaffof yondashishi, shuningdek tan olish bo‘yicha qaror qabul qilishda dunyodagi oliy ta’lim sohasidagi xilma-xillikni inobatga olishi lozimligi kabi prinsiplar ko‘zda tutilgan.

 Shu bilan birga mazkur Konvensiya uni ratifikatsiya kiladigan davlatlarga qator mas’uliyatni ham yuklaydi. Jumladan, tomonlarga oliy ta’lim olish uchun imkon beruvchi malakalarni (attestat, diplom, guvohnoma, shahodatnoma kabi xujjatlarni) tan olish, oliy ma’lumot olganlik to‘g‘risidagi malakalarni tan olish, to‘liq bo‘lmagan yoki oldingi ta’limni tan olish, baholash va tan olish jarayonlari tartibi, arizalarni ko‘rib chikish tartibi, tan olish bilan shug‘ullanuvchi vakolatli organ vazifalari yuzasidan mas’uliyatlar yuklanadi. Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risida ayrim davlatlarda xujjat tan olinsa, boshqalarida jumladan Lissabon konvensiyasiga a’zo davlatlarda – kvalifikatsiya ya’ni malaka tan olinadi, O‘zbekistonda va ayrim sobiq ittifok respublikalarida ushbu jarayon nostrifikatsiya termini orqali ham ishlatilib kelinmoqda. Masalaga turlicha yondashishning bir xil narsalarni, jarayonlarni turlicha nomlanishining o‘zi muammo xisoblanadi, lekin ushbu talablar darajasida mamlakatimizda ham o‘zgarishlar qilish, xalqaro ta’lim tizimiga integratsiya bo‘lib borish uchun vaqt talab etiladi va milliy konunchiligimizni yanada takomillashirishga to‘g‘ri keladi. Konvensiyani amalga oshirish va xalqaro hamkorlik qilish uchun milliy strukturani takomillashtirish, ularni ta’limning barcha bosqichlari bo‘yicha ma’lumotlar bilan to‘ldirish, ta’lim, oliy ta’lim muassasalari, o‘quv dasturlari, ta’lim oluvchilari va professor o‘qituvchilari hamda har bir oliy ta’lim muassasalarining saytlarini muntazab yangilab borish kabi vazifalar ham ushbu Konvensiya mazmunidan kelib chiqadigan vazifalarga aylanadi. Chunki Konvensiya ratifikatsiya kilinishi davlatlar o‘rtasida ta’limning barcha bosqichlari, ayniqsa oliy ta’lim bo‘yicha hujjatlar, malaka va o‘quv dasturlari kabi so‘raladigan har kanday ma’lumotlarni o‘z vaqtida va sifatli takdim etilishi lozimligini belgilaydi. Konvensiyaning VI bo‘lim XVII-moddasiga ko‘ra boshqa konvensiyalarni ratifikatsiya kilgan yoki kilmaganliklaridan qat’iy nazar BMTga a’zo bo‘lgan barcha davlatlar mazkur Konvensiyaga a’zo bo‘lishi mumkinligi kayd etilganligi O‘zbekiston uchun ham ushbu Konvensiyani qabul qilingandan keyin ratifikatsiya qilish imkonini beradi. Bunda masalani ratifikatsiya qilish xar bir davlatning qonunchiligi asosida amalga oshirilib o‘rnatilgan tartibda YuNЕSKOga takdim etadi.

 O‘zbekistonda oliy ta’lim sohasida ham ulkan o‘zgarishlar amalga oshirilmokda. Ayni paytda, yangilanish jarayonida o‘quv dasturlarini, ta’lim mazmunini belgilash va uni baholash jarayonlarini ham xalqaro talablarga yaqinlashtirish imkoniyatlari yuzaga kelmokda.

 Bugun Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasida xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi xujjatlarni tan olish bo‘yicha amaldagi xujjatlar xorijiy tajribalar asosida takomillashtirilib, xukumatga tasdikka kiritilgan. Ushbu Nizomni kayta ishlashda ham mazkur Konvensiya loyihasi, Lissabon va Tokio Konvensiyalari matnlariga ham murojaat etilgan. Kolaversa mazkur masalada Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari bilan hamkorlik ishlari olib borilmokda.

Xorijiy davlatlarda ta’lim olib O‘zbekistonga o‘qishini davom ettirish yoki ishlash uchun murojaat ettganlar soni 2018 yil davomida 2547 tani tashkil etgan. Shundan, katta qismi Qirg‘iziston (34,4%), Tojikiston (33,2%), Rossiya Federatsiyasi (17,3%), Qozog‘iston (5,3%) va boshka davlatlarga (6,1%) to‘g‘ri kelgan. Sohalar bo‘yicha qaralsa pedagoglar 60% ga yaqin, injinerlar va sog‘likni saqlash bo‘yicha 20% va 14 % atrofida, huquqshunoslar 5% atrofida hamda ta’lim bosqichlari bo‘yicha 85 % atrofida bakalavr, 5 % magistrlar va 10 % o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim bitiruvchilari hisoblanadi.

Mobillik natijasida chet ellarga borib O‘zbekistonda olgan ta’limi, malakalari va xujjatlarini tan oldirish uchun ovora bo‘lib yurgan yurtdoshlarimiz ham oz emas, 2018 yilda Rossiya Federatsiyasida 9 ming nafar, Qozog‘istonda ham 8 mingdan oshiq, Ukraina, Belorussiya, Koreyada, Yevropa davlatlarida qanchadan qancha yurtdoshlarimiz yuqorida qayd etilgan muammolarga duch kelmokda.

Yurtboshimizning 2019 yil 16 yanvardagi ta’lim sifatini nazorat qilish tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi karoriga ko‘ra O‘zbekiston uchun xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar 8 ta holatga ko‘ra sinovlarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi belgilandi. Jumladan, ulardan biri agar bitiruvchi kuchli 1000 talikka kirgan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan bulsa va boshka bandlar orkali amaldagi talablar birmuncha soddalashtirilishi kuzda tutildi.

Xulosa urnida aytadigan bo‘lsak, yurtboshimiz boshchiligida barcha sohada xorijiy tajribalar o‘rganilib, innovatsiyalar joriy etilayotgan bir paytda ta’lim soxasi, jumladan oliy ta’lim tizimi, undagi o‘quv jarayoni, o‘quv dasturlari, kadrlar tayyorlash mexanizmi rivojlangan davlatlar mexanizmiga integratsiya kilinmasdan iloji yo‘k. Zero ta’lim oluvchilarga birinchi navbatda mamlakatimizda kvotalarni oshirish orqali keng yo‘l ochish, xorijda ta’lim olishni istaganlar uchun ham qonuniy yo‘llarni taklif etish, mamlakatimizda ta’lim eksportini yo‘lga qo‘yish uchun oliy ta’lim berish sifatini oshirish, talabalar uchun o‘qish va yashash imkoniyatlarini kengaytirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirishning milliy va xalqaro tizimlarini takomillashtirish kabi vazifalar ustida bosh qotirishimiz lozim.

Qolaversa yagona elektron axborot bazasiga ega bo‘lish, mobillik uchun, xorijda olingan malakalarni O‘zbekistonda tan olish yoki yurtdoshlarimizning xujjatlarini chet davlatlarda muammosiz tan olishi uchun zarur bo‘ladigan sharoitlarni yaratishdek ulkan vazifalar barcha mutasaddi soxa vakillarining birga samarali ishlashini talab etadi. Albatta bu oson vazifalar emas, lekin shularni amalga oshirmas ekanmiz, yukorida kayd etgan Oliy ta’lim sohasidagi malakalarni tan olish to‘g‘risidagi Global konvensiyaning tomoshabini bo‘lib kolaveramiz.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net