TOJIKISTONDA O?ZBEKISTONLIK TALABALAR BILAN UCHRASHUV BO?LIB O?TDI

10.04.2019 11:14

O‘zbekiston Respublikasining Tojikiston Respublikasidagi Elchixonasi, Dushanbe shahridagi oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvlar 4 ta oliy o‘quv yurtlarida – S.Ayniy nomidagi Tojikiston Davlat pedagogika universiteti, S.Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti, Tojikiston milliy universiteti hamda Tojikiston-Rossiya (Slavyan) universitetlarida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi «El-yurt umidi» jamg‘armasining axborot-taxliliy bo‘limi boshlig‘i Axmedov Javoxir Jamolovich, hamda Tojikiston oliy o‘quv yurtlarining xalqaro munosabatlar bo‘yicha rektor o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.

Tadbir davomida talabalarga mamlakatimizda mustaqillik yillarida yoshlarni ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom, vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirib berildi.

Jumladan, mazkur sohadagi faoliyatni tubdan takomillashtirish va yangi yuksak sifat bosqichiga ko‘tarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani, uning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida tushuntirish berildi.

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining huquqiy va amaliy vakolatlari kengaytirilgani, tegishli imkoniyat va imtiyozlar berilgani haqida ta’kidlandi.

Yoshlarning ilmiy va ijodiy faoliyatining natijalarini, ilm-fan va adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini hamda yoshlar siyosatiga oid muhim yangiliklarni keng yoritish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining nashrlarini chop etishga ixtisoslashgan “Yoshlar nashriyoti uyi” tashkil etilishi, hamda qizlarimizning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iste’dod va qobiliyatini yuzaga chiqarish, ular orasida haqiqiy yetakchilarni tarbiyalash ishlarini yanada kuchaytirish maqsadida “Qizlarjon” jurnali ta’sis etilishi haqida gapirildi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi «El-yurt umidi» jamg‘armasining axborot-taxliliy bo‘limi boshlig‘i Axmedov Javoxir har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlarni amalga oshirish jarayonida jahon andozalari darajasida bilim olgan zakovatli, har tomonlama barkamol milliy kadrlarga ehtiyoji borligi haqida gapirdi.

2018 yil 25 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tashkil etilgani va mazkur hujjat bilan Jamg‘arma xorijda stipendiatlarning malaka oshirishi, stajirovkasi va o‘qishini tashkil etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iste’dod» jamg‘armasining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi qilib belgilangani haqida gapirib berdi.

Shu jumladan, “El-yurt umidi” jamg‘armasining asosiy maqsadi haqida, ya’ni xorijda  yashayotgan va ishlayotgan vatandoshlarimiz, ayniqsa, katta ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan olimlar, mutaxassislar va iste’dodli yoshlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yetakchi xorijiy ta’lim muassasalarida hamda O‘zbekistonda tayyorlash va malakasini oshirish yo‘li bilan O‘zbekistonning har tomonlama va tezkor rivojlanishi uchun zarur, jahon mehnat bozorida raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash haqida ma’lumot berdi hamda taqdimot o‘tkazildi. Jamg‘arma tomonidan tayyorlangan broshyuralar talabalarga tarqatildi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasi murojaatini o‘qib eshittirildi.

Universitet rahbariyati tomonidan, O‘zbekistonlik talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Uchrashuvda kelgusida ikki tomonlama amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalarga xususan, o‘zbekistonlik talabalari ishtirokida tashkil etiladigan tadbirlar, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan yo‘nalishlar, o‘qish va yashashlari uchun yaratib berilayotgan sharoitlar bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan kelishib olindi.

Uchrashuv davomida talabalarimizni qiziqtirgan masalalar, jumladan, fuqarolik pasporti yo‘qolgan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan taqdirda ularni vatanga qaytishi, huquqlari poymol bo‘lganda murojaat qilish kabi masalalar haqida kelib tushgan savollarga atroflicha javob berildi.

Elchixona va talabalar o‘rtasida tezkor muloqotni amalga oshirish maqsadida, har bir oliy o‘quv yurti va konsullik bo‘limi o‘rtasida «Telegram» kanali orqali gruppa ochildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net