O?ZBEKISTON HAQIDAGI KITOBLAR QIRG?IZISTON “AQL MARKAZIGA” TOPSHIRILDI

24.07.2018 10:14

Mamlakatimizning Bishkekdagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan taqdim etilgan kitobiy nashrlarni Qirg‘iziston Respublikasi Strategik tadqiqotlar milliy institutiga (STMI)  topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda STMI vakillariga o‘zbek jamiyatining turli jabhalari, shu jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalardagi hayotiga bag‘ishlangan kitobiy nashrlar tantanali ravishda topshirildi.

Shu munosabat bilan STMI direktori Nuradil Baydoletov respublikamiz rahbariyati va shaxsan SMTI direktori Vladimir Norovga ko‘rsatilgan e’tibor hamda saxiylik uchun o‘z minnatdorligini izhor etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur kitoblar institut kutubxonasida munosib o‘rinni egallaydi. Muassasa xodimlari esa ularni mamnuniyat bilan o‘qishadi.

Mamlakatimizning diplomatik missiyasidagi tadbir mehmonlarining fikricha, mazkur holat, shubhasiz, O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi turli sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi, ikki qardosh mamlakat o‘rtasida o‘rnatilgan strategik sheriklik ruhiga javob bermoqda.

N.Baydoletov SMTI va STMI o‘rtasida imzolangan Memorandum ikki mamlakat tahlil muassasalari va ekspert jamiyatlarining o‘zaro hamkorligiga namuna hujjati bo‘lishiga ishonch bildirdi.

  

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net