NEMIS OLIMLARNING INQILOBIY IXTIROLARIGA BAG?ISHLANGAN KO?RGAZMA O?ZBEKISTONDA

20.01.2020 16:34

TOShKENT, 20 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkent politexnika muzeyida “Germaniya ixtirochilar mamlakati” interfaol ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Tadbir Gyote institutining Toshkentdagi bo‘limi tomonidan Germaniyaning Fraunhofer va Maks Plank jamiyatlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan. Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad tabiiy fanlar sohasida amalga oshirilgan inqilobiy ixtirolar, tarixiy kashfiyotlar va innovasion texnologiyalar haqida batafsil ma'lumot berishdan iborat.  

 

Ko‘p yillardan buyon dunyo kezayotgan ko‘chma ko‘rgazmada namoyish etilayotgan axborot stendlarida sohaga oid yangiliklar aks ettirilgan, taniqli nemis olimlarining fikrlari tasvirlar va izohli matnlar orqali taqdim etilgan.

 

Bugungi kunda Germaniya fan va tadqiqot sohasidagi patentlar va mutaxassislar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi uchlikdan o‘rin olgan. Ushbu mamlakatda dunyoning turli o‘lkalaridan iqtidorli yoshlar tahsil olishi va ilmiy izlanishlar olib borishi uchun qulay imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilgan. Bu yerda interfaol axborotlar orqali Germaniyada o‘qish va tadqiqot ishlari olib borish imkoniyatlari bilan ham yaqindan tanishish mumkin.

 

Bundan tashqari, ko‘rgazma doirasida turli mavzulardagi fil'mlar namoyishi, o‘quv seminarlari, taqdimot va konkurslar tashkil etilmoqda.

 

Tadbir Toshkent shahrida 3 fevralgacha davom etadi, Urganchda esa 10-25 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net