MGIMONING TOSHKENT SHAHRIDAGI FILIALIGA HUJJATLARNI QABUL QILISH TO?G?RISIDA

21.06.2019 12:25

2019-yilning 15-iyun kuni Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) Toshkent shahridagi filialiga bakalavriat va magistratura dasturlariga abituriyentlardan hujjatlar qabul qilish boshlandi.

 

 

Ushbu universitet o‘z faoliyatini 2018-yil oktabr oyida I O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va MGIMO o‘rtasida imzolangan O‘zbekistonda MGIMO filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimga va MGIMOning Toshkent shahridagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi 2019-yil 11-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq olib boradi.

 Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

 - ariza;

 - anketa;

 - shaxsni tasdiqlovchi hujjat: asl nusxasi + 1-sahifaning notarial tasdiqlangan tarjimasi + 1-sahifa nusxasi;

 - ta’lim to‘g‘risidagi hujjat hamda uning fanlar va yakuniy baholar ko‘rsatilgan ilovasi: asl nusxalari + notarial tasdiqlangan tarjimalar + nusxalari (agar attestat Rossiya namunasida bo‘lsa – asl nusxalari + notarial tasdiqlangan nusxalari + oddiy nusxalari);

 - ta’lim to‘g‘risidagi chet el hujjatini MGIMOda tan olish to‘g‘risida nostrifikatsiya qilish uchun ariza (hujjatlarni topshirishdan oldin mamlakatingizdagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatga konsullik rasmiylashtiruvi yoki apostil kerak ekanligini tekshiring);

 - tibbiy hujjatlar:

 surunkali kasalliklar haqida ma’lumotnoma (086-U shakl),

 OIV-infeksiyasining yo‘qligi to‘g‘risidagi sertifikat,

 RW (sifilis) bo‘yicha tekshiruv natijalari,

 gepatit B bo‘yicha tekshiruv natijalari,

 emlash sanasi ko‘rsatilgan holda tibbiyot muassasasi muhri bilan tasdiqlangan emlashlar bo‘yicha tibbiy xulosa,

 rentgen-flyuorografiya tekshiruvi xulosasi;

 - 3×4 o‘lchamdagi 6 ta fotosurat.

 15-iyundan 10-iyulga qadar “Biznes-informatika” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat dasturiga hamda 15-iyundan 20-iyulga qadar “Yurisprudensiya” va “Biznes-informatika” yo‘nalishlari bo‘yicha magistratura dasturiga hujjatlarni topshirish mumkin bo‘ladi.

 Bakalavriat abituriyentlari rus tili, ingliz tili va matematika fanidan kirish sinovlaridan o‘tishlari shart.

 Magistraturaga topshiruvchilar uchun kirish sinovlari portfolio tanlovi (hujjatlar to‘plami) va motivatsion inshodan iborat.

 2019/2020-o‘quv yilida to‘lov-shartnoma asosidagi har bir ta’lim yo‘nalishiga 25 tadan joy ajratilgan.

 Ushbu masala yuzasidan quyidagi havola orqali batafsil ma’lumot olish mumkin: https://uzb.mgimo.ru.

 Manzil: 100007, Toshkent shahri., Mustaqillik shoh ko‘chasi, 54-uy.

 Murojaat uchun telefon raqamlari: +99871 267-05-84;

 

www.uzb.mgimo.ruuzb@inno.mgimo.ru.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net