MGIMO DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

03.04.2019 14:41

2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.

Uchrashuvda MGIMO bitiruvchilarining V Forumida 17-19-may kunlari Toshkent shahrida tashkil etishning amaliy jihatlari muhokama qilindi. Tadbirda institutning sobiq talabalari – turli mamlakatlardan davlat tashkilotlari, biznes, fan va madaniyat vakillari ishtirok etadi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonda kelgusi o‘quv yilidan magistratuta va bakalavr dasturlari bo‘yicha ta’lim olib boriladigan MGIMO filialining to‘liq faoliyatini boshlashga tayyorgarlik jarayoni ko‘rib chiqildi.

 

 

 

Anvar Ilyosov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net