MDXMI TOSHKENT FILIALI ABITURIYENTLARDAN 15 IYUNDAN HUJJATLAR QABUL QILA BOSHLAYDI

12.06.2019 12:24

Joriy yil 15 iyundan Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MDXMI) Toshkent filiali abituriyentlardan bakalavriat i magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha hujjatlar qabul qilishni boshlaydi.

 

 

Ushbu oliy o‘quv yurtida ta’lim olishga qaror qilgan o‘g‘il-qizlar 15 iyundan 1 iyulgacha bakalavriatning “Biznes-informatika” yo‘nalishi, 15 iyundan 20 iyulga qadar esa magistraturaning “Huquq” va “Biznes-informatika” yo‘nalishiga hujjatlar topshirishi mumkin.

 Bakalavriat talabalari rus va xorijiy (ingliz, fransuz yoki nemis) tillar hamda matematika fanlaridan kirish imtihonlari topshiradi.

 Magistr yo‘nalishidagi nomzodlar esa portfolio (hujjatlar to‘plami) tanlovidan o‘tadi va insho yozadi.

 2019/2020 o‘quv yilida ta’lim uchun to‘lovni amalga oshirish sharti bilan har bir yo‘nalish bo‘yicha joylar soni 25 ta etib belgilangan.

 Hujjatlar ro‘yxati, o‘quv yili dasturlari, qabul qilish tartibi va qabul komissiyalari manzillari haqidagi batafsil ma’lumotni quyidagi elektron manzil orqali olish mumkin: https://uzb.mgimo.ru/#sxema.

 Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Rossiya oliy o‘quv yurti o‘rtasida MDXMIning O‘zbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi hujjat o‘tgan yil oktabr oyida Toshkentda birinchi marta bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi doirasida imzolangan edi.

 2019 yil 11 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida MDXMI filiali faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qarori qabul qilindi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net