O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 noyabr kuni xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish borasidagi islohotlar samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Pekinda “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi mintaqasidagi Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansining (ANCO) birinchi anjumani hamda ushbu tashabbus doirasida Ilmiy tashkilotlarning ikkinchi xalqaro ilmiy forumi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro ilmiy tashkilotlar alyansining (ANCO) ta’sis yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi rasman ushbu xalqaro tuzilmaning teng huquqli a’zolari safidan joy oldi.
Poytaxtimizda Oʻzbekiston – Rossiya taʼlim forumi boshlandi.
Mamlakatimizning Bishkekdagi elchixonasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI) tomonidan taqdim etilgan kitobiy nashrlarni Qirg‘iziston Respublikasi Strategik tadqiqotlar milliy institutiga (STMI) topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.