INNOVATSIYA

30.04.2019 16:58

“INNOWEEK”– haftaligida “Nobel” sovrindori Dan Shextman ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 29–31 oktabr kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar kompleksida chet el va mahalliy ilmiy-innovatsion markazlari, investitsion jamg‘armalari, texnologik agentliklari, texnoparklari, biznes inkubatorlarini bir davrada jamlaydigan “INNOWEEK” innovatsion g‘oyalar haftaligini o‘tkazadi.

Ikkinchi marta o‘tadigan “INNOWEEK” haftaligi mahalliy tadbirkorlar va bo‘lajak sarmoyadorlar uchun yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish, chet el sarmoyadorlarini jalb etish va ishonchli hamkorlar topish uchun ajoyib imkoniyat.

O‘zbekiston va xorijiy davlatlarning yetakchi ishbilarmon doira vakillari, yetuk olimlar, kompaniya boshqaruvchilari ishtirok etishi kutilayotgan haftalik doirasida Xalqaro innovatsion ko‘rgazma, Xalqaro innovatsiyalar va investitsiyalar forumi hamda xalqaro robototexnika musobaqasi o‘tkaziladi.

Tadbirga 2011 yili kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Dan Shextman tashrif buyurishi aytilmoqda.

(Manba: O‘zA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net