Minsk shahrida 9 aprel kuni Fan va texnologiyalar sohasida hamkorlik bo’yicha O’zbekiston – Belarus birinchi qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.
O`zbekistonning Turkiyadagi elchixonasi tomonidan mamlakatimizda kadrlar tayyorlash, oliy ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish va “El yurt umidi” jamg`armasiga amaliy ko`mak berish maqsadida tizimli ravishda tegishli ishlar faol davom ettirilmoqda. Xususan, yaqinda Turkiyaning sog`liq bilimlari universiteti rektori, professor Jevdet Erdol boshchiligidagi delegaciyaning mamlakatimizga ishchi tashrifi tashkillashtirildi.
2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Maslahatchisi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdujabbor Abduvaxitov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutining (MGIMO) prorektori Artyom Malgin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdilar.
Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyati axborot-kutubxona markazida 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida boʻlib oʻtadigan Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali matbuot markazi ish boshladi.
2019 yil 18 – 23 mart kunlari Parij shahrida YuNЕSKO bosh qarorgohida Oliy ta’lim sohasidagi malakalarni tan olish to‘g‘risidagi Global Konvensiya loyihasining ikkinchi muxokamasiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi. Mazkur tadbirda YuNЕSKOga a’zo va xalqaro konvensiyalarni ratifikatsiya qilgan 68 ta davlatdan 196 nafar ekspertlar qatorida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi xuzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshkarmasi boshlig‘i A.Nasirov ham katnashdi.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpur shahridagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 4-mart kuni Malayziya Islom ilmiy universiteti (USIM) rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Davlat test markazi ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishda test sinovi orqali tanlab olishga oid davlat siyosatini amalga oshiruvchi yagona vakolatli davlat boshqaruvi organi bo‘lib, uning amalga oshiradigan vazifalaridan biri – pedagogik o‘lchov vositalarini takomillashtirish hisoblanadi. Bu sohada pedagogik o‘lchov vositalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish talablari bo‘yicha metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqish, ekspertlar uchun testologiya asoslari bo‘yicha seminarlar tashkil etish vazifalari belgilangan. Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi PQ-3389-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish doirasida Davlat test markazi xodimlaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi tajriba almashish va malaka oshirish uchun Turkiyada bo‘ldi.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqida oʻtkazilgan yoshlarning startap-tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash dasturining yakuniy bosqichida 16 jamoa oʻz loyihalari bilan qatnashdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori