HIND KOMPANIYASI O?ZBEKISTONDA IT VA INNOVATSION LOYIHALAR AMALGA OSHIRADI

23.01.2020 10:53

TOShKENT, 23 yanvar. /«Dunyo» AA/.  Hindistonning axborot texnologiyalarga ixtisoslashgan «Routern.com» kompaniyasi vakillari O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi hamkorligida mamlakatimizda axborot texnologiyalari va   innovatsion loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini  ko‘rib chiqish uchun Toshkentga keldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tashrif doirasida delegatsiya  a'zolari O‘zbekiston Innovasion rivojlanish vazirligi mutasaddilari bilan uchrashish hamda ushbu yo‘nalishda faoliyat olib barayotgan mutaxassislar uchun, kiberxavfsizlik, sun'iy intellekt va zamonaviy programmalarni ishlab chiqish tendensiyalari mavzuida seminar-treninglar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Shuningdek, Routern.com ekspertlari safar davomida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabiga tashrif buyuradi. Bu yerda  kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan hamkorlikdagi ishlar muhokama etiladi va  maktab o‘quvchilari uchun o‘quv treninglari  o‘tkaziladi. 

Eslatib o‘tish joizki, Routern.com 2009 yildan buyon axborot texnologiyalari sohasida  xizmat ko‘rsatib keladi. Kompaniya shu yo‘nalishda dunyoga mashhur Citi Bank, Morgan Stanley, HP, Google kabi tashkilotlar bilan texnik hamkor hisoblanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net