GULISTON SHAHRIDA HALIMA XUDOYBERDIYEVA NOMIDAGI MAKTAB-INTERNAT TASHKIL ETILADI

20.05.2019 17:02

Guliston shahrida O‘zbekiston xalq shoiri Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internat tashkil etishto‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi.

Maktab nodir iste’dodi, badiiy teran, lirik hamda falsafiy she’r va dostonlari, publitsistik asarlari bilan o‘zbek adabiyoti rivojiga ulkan hissa qo‘shgan taniqli ijodkor nomini abadaylashtirish, shoira izdoshlarini kashf etish va ularning o‘z iste’dodlarini keng namoyon qilishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etilmoqda.

Mazkur qarorga ko‘ra, 2019-20020 o‘quv yilida maktab-internatning 5-6-7-8 sinflariga hamda 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchi qabul qilinadi.

O‘quv yurtiga iqtidorli o‘quvchilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda o‘tkaziladigan ona tili va adabiyot fanlaridan ijodiy tanlov hamda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda tashkil etiladigan ona tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan test sinovi va psixologik-pedagogik diagnostika natijalari asosida saralab olinadi.Yosh iqtidor egalarini o‘qitish jarayoniga oliy ta’lim muassasalariningo‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarini tamomlagan malakali pedagog-kadrlar jalb etiladi.

Halima Xudoyberdiyeva (1947-2018yy.) - O‘zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi, “Muqaddas ayol”, “Sadoqat”, “Issiq qor”, «Bobo quyosh» va boshqa she’riy to‘plamlar muallifi. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan u “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net