FRANSIYA XALQARO BIRDAMLIK VA TA’LIM ASSOTSIATSIYASI O?ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQI BILAN HAMKORLIK LOYIHALARINI TAYYORLAMOQDA

22.06.2019 12:25

Fransiya Xalqaro birdamlik va ta’lim yoshlar assotsiatsiyasi Prezidenti Alan Paye “Dunyo” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda ikki mamlakat yoshlari o‘rtasidagi hamkorlik munosabatlarini rivojlanishtirish istiqbollariga oid fikrlarini izhor qildi.

 

 

- Bizning tashkilot fransuz yoshlarining xorijiy mamlakatlardagi tengqurlari bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish, o‘zaro madaniy va ta’lim almashinuvlarni tashkil qilish, yigit-qizlarning kasb malakasini oshirish, ularning turli davlatlar haqidagi tasavvurlarini boyitishga yo‘naltirilgan faoliyat bilan shug‘ullanadi, - deydi A.Paye. – Bugungi kunda O‘zbekistonda yoshlar siyosatiga alohida e’tibor berilmoqda. Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi farmonlari navqiron avlod huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan muhim hujjatlardir.

 O‘zbekistonning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha xalqaro hamkorlik tajribasi ham o‘rganishga arziydi. Ayniqsa, xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan yigit-qizlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni mamlakat hayotiga tadbiq etilayotgan islohotlar jarayoniga keng jalb qilish muhim amaliy ishlardandir. O‘zbek yoshlarining chet davlatlarda tashkil etilayotgan tashkilotlari ularning xorijlik tengdoshlari bilan o‘zaro hamkorligini rivojlantirishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

 Bizning assotsiatsiyamiz ham O‘zbekiston yoshlar ittifoqi bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan. Joriy yil oktabr oyida tashkilotimiz vakillarining mamlakatingizga ilk safarini amalga oshirish niyatidamiz. Uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida turli yo‘nalishda, jumladan, yoshlar turizmi sohasida o‘zaro tajriba almashishni rejalashtirganmiz. Shuningdek, 2020 yil aprel oyida fransuz yoshlari delegatsiyasining O‘zbekistonga navbatdagi safarini tashkil etib, Yoshlar ittifoqi bilan birgalikda mamlakatning boy tarixi va madaniyati bilan yaqindan tanishish hamda birgalikda turli mavzularda anjumanlar o‘tkazmoqchimiz.

 Turizm sohasiga innovatsiyalar joriy qilish, sayyohlikning zamonaviy turlarini rivojlantirish bo‘yicha yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar xostellarini (Youth Hostels) tashkil etish ham tomonlar uchun qiziqarli bo‘ladi. Ushbu va boshqa yo‘alishlarda hamkorlik aloqalarini rivojlantirish o‘zbek va fransuz yoshlari uchun har tomonlama manfaatli bo‘lishiga ishonchimiz komil.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net