ILHOM NE’MATOV IORDANIYA ELCHISI BILAN UCHRASHDI

30.11.2018 13:00

2018-yilning 29-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Qirolligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.

Ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati ko‘rib chiqildi va turli jabhalardagi O‘zbekiston – Iordaniya munosabatlarini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Jumladan, 2019-yilda birinchi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish hamda savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tuzilmalarni birgalikda tashkil etish, ikki davlat ishbilarmon doiralarining aloqalariga tizimlilik tusini berish to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuvda madaniy-gumanitar sohadagi hamorlikka, Iordaniya turistlarining O‘zbekistondagi islomiy qadamjolarni ziyorat qilishlari uchun qulayliklar yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net