Hududlarda mustaqilligimizning o?ttiz bir yilligi o?zgacha ruhda nishonlanmoqda

31.08.2022 11:50

Toshkent tumani markazidagi Amfiteatrda ham O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

“Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida o‘tgan tantanada tuman aholisi va hudud mehmonlari, ijodiy va jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tuman Madaniyat bo‘limi xonandalari, yosh ijrochilar, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov, “Nihol” davlat mukofoti sohibasi Dilso‘z, xonanda Davron Ahmedovlarning sho‘x kuy-qo‘shiqlari yig‘ilganlar a’lo kayfiyat bag‘ishladi.

Bayram tantanalari hokimlikning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida jonli efirda hamda tuman hokimligi qarshisida o‘rnatilgan katta ekran orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etildi.

 

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net