HINDISTONDAGI O?ZBEKISTON FUQAROLARI DIQQATIGA

17.06.2019 12:21

O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.

 

 

Shu munosabat bilan, Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolariga imkon qadar mazkur mintaqaga tashrif buyurmaslik va ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.

 Konsullik-huquqiy departamenti Hindistondagi O‘zbekiston fuqarolari zarur holatlarda mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatadi: (9111) 24670774, 24670775, 24105640.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net