GERMANIYA FEDERAL HUKUMATINING TIVDAGI ROSSIYA, MARKAZIY OSIYO VA SHARQIY SHERIKCHILIK DAVLATLARI BILAN JAMIYATLARARO HAMKORLIK BO?YICHA KOORDINATORI BILAN UCHRASHUV

10.11.2018 17:18

2018-yilning 9-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Berlin shahrida Germaniya Federal hukumatining TIVdagi Rossiya, Markaziy Osiyo va Sharqiy sherikchilik davlatlari bilan jamiyatlararo hamkorlik bo‘yicha koordinatori, Bundestag deputati Dirk Vize bilan uchrashdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston – Germaniya siyosiy muloqotini yanada rivojlantirish hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikning hamda zamonaviy tahdid va xavflarga qarshi kurashish sohasidagi O‘zbekiston – Germaniya hamkorligining ayrim muammolari ham ko‘rib chiqildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net