Farg?onada Turkiya ishbilarmonlari ishtirokida «Fergana Fermer Expo Özbekistan – 2022» investitsion tijorat ko?rgazmasi ochildi

14.12.2022 11:07

/“Dunyo” AA/. Bugun Farg‘onada «Fergana Fermer Expo Özbekistan – 2022» qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va dorivor o‘simliklar investitsion tijorat ko‘rgazmasi ochildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, viloyat AKIS (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi) Agroxizmatlar markazi hamda Turkiyaning Selchuq universiteti hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda O‘zbekiston va Turkiyaning qishloq xo‘jaligi va chorvachilik sohasi masʼullari hamda mutaxassislar, olimlar va ishbilarmonlar ishtirok etishmoqda.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar davlatimiz rahbari topshiriqlari va ko‘rsatmalari asosida Farg‘onada qishloq xo‘jaligida hosildorlik va natijadorlikni oshirish uchun innovatsion va ilmiy yondoshuvga alohida eʼtibor qaratilayotganligini taʼkidlashdi. O‘zbekiston va Turkiya munosabatlari tobora rivojlanib borayotgani, xususan, Farg‘ona vilotitining ushbu mamlakat hududlari bilan hamkorlik aloqalari yana-da jadallashayotgani qayd etildi.

Turkiyaning Burdur viloyati qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i Mehmet Tug‘rul bunday ko‘rgazma va forumlar ikki davlat qishloq xo‘jaligi vakillarining o‘zaro tajriba almashishlariga xizmat qilishiga alohida eʼtibor qaratdi.

Ikki kun davom etadigan mazkur tijorat ko‘rgazmasida Turkiyaning 16  kompaniyasi va 30 nafarga yaqin qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlari ishtirok etayotgani ko‘rgazma doirasida yangi shartnoma va kelishuvlar imzolanishi uchun juda qulay imkoniyat yaratdi.  

Tadbir davomida «O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida paxta yetishtirish va paxta tozalash sanoatida, chigit delintatsiyasida hamkorlik va ikki davlatning tajribalari», «Chorvachilik xo‘jaligini rivojlantirishda yangi texnologiyalar ahamiyati» mavzusida shoʻba sessiyalar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net