Yoshlar – Yangi Oʻzbekiston bunyodkorlari

01.03.2024 02:59

Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, yaʼni 25 foizdan ortigʻini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizda esa yoshlar qatlami jami aholining qariyb 60 foiziga yaqin. Shuning uchun Oʻzbekiston yoshlar mamlakati sifatida eʼtirof etiladi. Yaqin oʻn yilliklarda bu qatlam davlat va jamiyat boshqaruvida hal qiluvchi kuchga ega boʻlishini tasavvur qilsak, yoshlar taʼlim-tarbiyasi bilan shugʻullanish, muammolarini vaqtida hal etib, shaxs sifatida rivojlanishi uchun barcha sharoitlarni yaratish, professional kasb mahoratini shakllantirish kabi vazifalar nihoyatda dolzarb ekani oydinlashadi.

Davlatimiz rahbari “Yoshlar kelajagi bilan bogʻliq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega”, deb bejiz taʼkidlamaydi. Bu yondashuv “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida ham aksini topgan. Misol uchun, ushbu muhim hujjatning “Har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish” deb nomlangan birinchi yoʻnalishi 44 banddan iborat boʻlsa, shuning 25 dan ortigʻi bevosita yoshlar manfaatlariga qaratilgan.

Yoshlar siyosati sohasida qabul qilinayotgan reja va dasturlarimiz qanchalik jozibali va jarangdor boʻlmasin, ularning hayotga qay darajada keng tatbiq etilayotgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Xususan, masʼul davlat xizmatchilari ijro intizomiga qatʼiy rioya etsa, har bir topshiriq va vazifaning ijrosini belgilangan muddatlarda, yuqori darajada taʼminlasa, yoshlar manfaati yoʻlidagi islohotlar samarasini har bir yosh oʻz tanasida his etadi, bundan bahramand boʻladi.

Bu borada Yoshlar ishlari agentligida Prezidentimizning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlarining amalga oshirilishi boʻyicha nazorat va hisobdorlik tizimi mavjud. Xususan, har bir topshiriq ijrosi elektron tizim orqali nazoratga olinib, rahbar va masʼul xodimlarning faoliyatini eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KPI) asosida baholab borish yoʻlga qoʻyildi.

Buning natijasida oʻtgan yili agentlik tomonidan Prezidentimizning 11 ta farmonida belgilangan 40 ta, 34 ta qarorida belgilangan 162 ta, 2 ta farmoyishida belgilangan 24 ta, 18 ta yigʻilish bayonida belgilangan 65 ta topshiriq ijrosi sifatli tashkil etildi. Buning natijasida yoshlarimiz oʻzlari talpinayotgan ezgu maqsadlari yoʻlida misli koʻrilmagan imtiyoz va imkoniyatlarga ega boʻldi.

Yoshlar nimani xohlaydi?

Xoʻsh, bugun yoshlarimiz davlatdan nimani xohlamoqda? Albatta, ular oʻz ijodiy va intellektual salohiyatini hech qanday toʻsiqlarsiz roʻyobga chiqarish uchun erkin va qulay shart-sharoitlarni, teng imkoniyatlar
va kelajak uchun mustahkam kafolatlarni istaydi.

Ayni paytda yoshlarga oid davlat siyosati toʻliq ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan. Yosh avlodga huquqiy kafolatlarni yaratishdan tortib, sifatli bilim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, shaxs sifatida kamol topishi, qoʻyingki, mehnat qilib, farovon kelajagini bunyod etishi uchun barcha imkoniyatlar safarbar etilmoqda.

Xususan, oʻtgan 2023-yilda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, manfaatlarini taʼminlash sohasida yurtimiz tarixida kuzatilmagan ulkan ishlar qilindi. Albatta, bu jadal demokratik taraqqiyot yoʻlini tanlagan vatanimiz uchun mutlaqo tabiiy holdir. Chunki ilm-fan va texnologiyalar jadal rivojlanayotgan, global dunyoda raqobat ortib borayotgan bir sharoitda mamlakatlarning kelajak taqdiri yoshlarning intellektual salohiyati, isteʼdodiga bogʻliq boʻlib qolmoqda.

Prezidentimizning 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish, yoshlar bilan ishlash borasidagi muammolarga samarali yechimlar topish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan edi. Oʻtgan vaqt davomida amalga oshirilgan ishlar ayni shu vazifalar ijrosiga qaratilgan, desam adashmayman.

“Yoshlar balansi”

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish mexanizmlari yildan yilga takomillashib, yangi va samarador yoʻnalishlarda davom ettirilmoqda. Hamma oʻgʻil-qizlarimiz uchun teng imkoniyatlar yaratish maqsadida 2023-yilda “Yoshlar balansi” asosida yoshlarimiz uchta – “yaxshi”, “oʻrta” va “ogʻir” toifalarga ajratib olindi. “Ogʻir” toifadagi ishsiz, davlatning eʼtibori va gʻamxoʻrligiga muhtoj 400 mingga yaqin yoshga keng koʻlamli yordamlar koʻrsatildi. Xususan, ular 133 nafar vazir va oʻrinbosariga, 6 622 nafar hokim, sektor va tashkilot rahbariga biriktirildi. Shu asosda rahbarlarning “ogʻir” toifadagi yoshlar bilan uchrashuvini tashkil qilish grafik rejasi ishlab chiqildi.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan 208 ta tuman (shahar), 832 ta sektor, 9448 ta mahallada yoshlar bilan ishlash holati birma-bir oʻrganildi. Amaliy choralar natijasida “ogʻir” toifadagi 146 ming yosh “yashil” toifaga oʻtkazildi.

Jumladan, muammosi aniqlangan 185 ming yoshning 181 mingta (98 foiz) masalasi hal etildi. Ulardan 51379 nafarining bandligi taʼminlandi, 30847 nafariga moddiy yordam berildi, 31910 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, davolandi, 66816 nafarining turli ijtimoiy-iqtisodiy masalalari hal etildi.

Yoshlar yetakchisi va biriktirilgan masʼul rahbar kafilligi asosida xulq-atvori ijobiy tomonga oʻzgargan, probatsiya nazoratida turuvchi 6293 (45 foiz) hamda profilaktika nazoratida turuvchi 13567 (61 foiz) yosh muddatidan oldin hisobdan chiqarildi. Muntazam dars qoldiruvchi 5552 (60 foiz) yosh taʼlimga, narkotik va psixotrop moddalarni isteʼmol qiluvchi 166 (20 foiz) yosh sogʻlom turmush tarziga qaytarilgan boʻlsa, 5204 ta (81 foiz) notinch oilada ijobiy muhit barqarorlashtirildi.

Xorijiy migratsiyadan qaytgan 18148 (29 foiz) yosh ish bilan taʼminlandi. Ajralish yoqasidagi 3791 ta (51 foiz) yosh oila yarashtirildi. Nogironligi boʻlgan yoshlarning 25709 nafari davolatildi, 2644 nafari nogironlik reabilitatsiya texnik anjomlari bilan, 13395 nafari ish bilan taʼminlandi.

Yoshlar yetakchilari xonadonma xonadon xatlov oʻtkazib, xorijdagi 268 ming yosh balansini shakllantirdi va ular bilan doimiy muloqot oʻrnatdi. Mehnat migratsiyasi orqali 11335 yosh yuqori daromadli ish oʻrinlariga joylashtirildi. Xorijiy mehnat migratsiyasidan qaytgan yoshlar bandligini taʼminlash maqsadida 54075 gektar, jumladan, bogʻzor (16485 ga), tokzor (6840,4 ga), zaxira (3066 ga) va lalmi (27684,4 ga) yer oʻrganilib, 1605,9 gektari ajratib berildi.

“Qoʻqon shahri tajribasi” asosida jinoyat sodir etishga moyil 50506 yosh aniqlanib, ular bilan manzilli ishlash boʻyicha “harakatlar rejasi” amalga oshirildi. Ularning 3860 nafari “Jasorat maktabi” harbiy oʻquv yigʻiniga, 2860 nafari “Vatanparvar” tarbiya oromgohiga jalb etildi hamda ularda vatanga muhabbat, sadoqat tuygʻulari shakllantirildi. Uyushmagan yoshlarning 7605 nafariga harbiy xizmat badal puli toʻlab berildi va ular mahallalardagi “Qalqon” jamoatchilik guruhlariga jalb qilindi.

Yoshlarni harbiy-sport oʻyinlari orqali vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida “Amir Temur izdoshlari” harbiy-vatanparvarlik spartakiadasi oʻtkazilib, tanlovlar doirasida jami 1,2 million yosh qamrab olindi. Yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish boʻyicha maxsus oʻquv moduli ishlab chiqilib, IIV akademiyasida 180 nafar trener tayyorlandi. Ular tomonidan “mahalla beshligi”ning 47 634 vakili kaskad usulida oʻqitildi.

Buning natijasida 3286 ta mahallada birorta ishsiz yosh qolmagani, 2831 ta mahallada yoshlar ishtirokida umuman jinoyat sodir etilmagani tizimdagi ulkan jamoaning mehnati mahsulidir.

“Yoshlar daftari” – imkoniyatlar daftari

Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi boʻlgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini yuritish boʻyicha ishlab chiqilgan maʼlumotlar bazasi – “Yoshlar daftari” orqali koʻrsatiladigan yordam turlari soni 30 taga yetdi, murojaatlarni koʻrib chiqish muddati esa 30 kundan 5 kungacha qisqardi.

Yoshlar yetakchilari tavsiyasi bilan 338 ming yigit-qizga 444 milliard soʻmlik yordam koʻrsatildi. Xususan, talabalarning shartnoma puli toʻlandi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarga oʻqitish xarajatlari qoplab berildi. Ishsiz yoshlarga mehnat qurollari ajratildi. Bugunga kelib koʻrsatilgan yordamlar natijasida yoshlar tadbirkorlik, dehqonchilik va biznes bilan shugʻullanmoqda.

Har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandligi dasturi” amalga oshirildi. 2023-yilning oʻzida ishsiz 236120 yosh, 189085 maktab bitiruvchisining bandligi taʼminlandi. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 150 ming yoshga 3,2 trillion soʻm imtiyozli kredit, 163 ming yoshga 67 ming gektar ekin maydoni ajratildi. 662 ming nafariga oʻzini oʻzi band qilishiga koʻmaklashildi, 56 ming nafari kasb-hunarga oʻqitilib, bandligi taʼminlandi.

“Besh tashabbus olimpiadasi”

2023-yildan boshlab “Besh tashabbus olimpiadasi”ni 4 ta yoʻnalishda, mahalla, maktab, professional taʼlim va oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazish yoʻlga qoʻyilib, jami 11,7 million, yaʼni 2022-yildagiga nisbatan 5,5 millionta koʻp yosh qamrab olindi. Gʻolib yoshlarning mahallalarida 623 ta sport maydonchasi qurib berildi. Ilk marotaba tashkil etilgan “Kasblar tanlovi” (oshpazlik, tikuvchilik, hunarmandlik, qandolatchilik, erkaklar sartaroshligi yoʻnalishlari boʻyicha) musabaqalari juda koʻplab yoshlarni birlashtirdi.

Shuningdek, nogironligi boʻlgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda iqtidorli 4500 dan ortiq yosh ishtirokida Samarqand, Buxoro, Xorazm, Shahrisabz kabi tarixiy va diqqatga sazovor shaharlarga “Inklyuziv Oʻzbekiston” shiori ostida bepul sayohatlar tashkil etish uchun 2,3 milliard soʻm ajratildi. Bugunga qadar 17 marotaba sayohat uyushtirilib, nogironligi boʻlgan jami 3500 dan ortiq yosh jalb etildi.

Shuningdek, 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan yoshlar oyligida 5 million nafardan ortiq yosh qamrab olindi.

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan oʻtkazilgan uchrashuvdagi topshiriqlari hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga muvofiq, “Besh tashabbus olimpiadasi” har yili ikki mavsumda, sport, madaniyat va sanʼat, kitobxonlik, kasb-hunar yoʻnalishlari boʻyicha keng qamrovda oʻtkazib kelinmoqda. Jumladan, Prezidentimizning 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-fevraldagi “Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumini yuqori saviyada tashkil etish va oʻtkazish” toʻgʻrisidagi 28-bayoni ijrosini taʼminlash yuzasidan joriy yilgi musobaqalarni oʻtkazish kalendar-rejasi ishlab chiqilib, targʻibot qilindi, musobaqalarda qatnashish uchun talabgor yoshlar roʻyxatga olindi.

Yilning eng yirik loyihalari

Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Toshkentdagi Yoshlar ijod saroyida kreativ park foydalanishga topshirildi. Saroyning birinchi qavatida 150 oʻrinliIjod” kitob doʻkoni ochildi.

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 97 mingdan ortiq yosh uchun 239 ta talabalar turar joyida yoshlarga oid davlat siyosatini targʻib qiluvchi maxsus stend, kitobxonlikni rivojlantirish uchun 50 nomdagi 23,9 mingta badiiy adabiyot hamda QR-kodli kitoblar stendidan iborat “Kitob karvoni” loyihasi tashkil etildi. Xorijiy tillarni oʻrgatishga qaratilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida 22 ta til boʻyicha 1800 dan ortiq videodars yaratilib, 2 million yosh qamrab olindi.

Oʻzbekiston Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida “Zakovat” intellektual klubi uchun alohida bino hamda Intellektual oʻyinlar shaharchasi barpo etildi. Respublika miqyosida “Zakovat” intellektual oʻyini, kubik-rubik, mental arifmetika, mnemonika kabi oʻyinlar tashkil etilib, aholi oʻrtasida ommaviy-maʼrifiy harakatga aylantirildi. “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlarga 2 million yosh jalb etilib, “Qarshi shahri – 2024-yilda intellektual hudud” deb eʼlon qilindi.

Vikipedia internet tarmogʻida oʻzbek tilida yaratilgan maqolalar soni 239 mingtaga yetkazilib, Markaziy Osiyoda birinchi, dunyoda 45-oʻringa koʻtarildi. Chet tillarni oʻrganish boʻyicha 18 ta xalqaro imtihon tizimida 70 foizdan yuqori natija koʻrsatgan 12359 yoshga 21,7 milliard soʻmlik imtihon xarajatlari qoplab berildi. Yoshlarning intellektual salohiyatini shakllantirish maqsadida “Zukko kitobxon”, “Bilim uchun 100 million” loyihalari amalga oshirildi.

Ajdodlar merosini oʻrganish maqsadida “Uygʻonish” rukni ostida ilk Uygʻonish davri allomalari va ularning ilmiy merosi xususida soʻz yurituvchi 7 ta kitobdan iborat toʻplam chop etildi. Kitoblar matni ilk Uygʻonish davri olimlari hayoti, faoliyati va ijodi bilan bogʻliq ilmiy manbalar asosida bir necha oliy oʻquv yurtlarining yetuk olimlari tomonidan shakllantirildi hamda nashrga tayyorlandi.

Ayni paytda Prezidentimizning 2023-yil 28-noyabrdagi “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, eng sara ilmiy-ommabop va badiiy adabiyotlarni xorijiy tillardan oʻzbek tiliga tarjima qilish va chop etish boʻyicha “1000 kitob” loyihasi ustida amaliy ishlar boshlandi. Jumladan, dastlabki 10 ta kitob boʻyicha mualliflik huquqini olish yuzasidan shartnomalar imzolandi.

Yoshlar yetakchilari faoliyati qoʻllab-quvvatlanmoqda

Respublikamizdagi 9448 ta mahalladagi yoshlar yetakchilari faoliyatini muntazam qoʻllab-quvvatlash, uslubiy-metodik yordam koʻrsatish doimiy ravishda eʼtibor markazida turibdi. 2023-yil may oyida Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi yoshlar oromgohida “Yoshlar bilan individual ishlash tizimi” boʻyicha respublika oʻquv seminari tashkil etilib, “Yoshlar bilan individual ishlashni tashkil etish boʻyicha” uslubiy qoʻllanma ishlab chiqildi va barcha yoshlar yetakchilarga tarqatildi. Bundan tashqari:

- yoshlar yetakchilari uchun “7+2” eng muhim vazifalarni oʻz ichiga olgan 2 ta videodarslik ishlab chiqildi;

- yoshlar yetakchilarining faoliyatiga oid barcha statistik maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan “Yon daftarcha” ishlab chiqilib, yetakchilarga tarqatildi;

- yoshlar yetakchilarining faoliyati yoʻnalishlarini belgilaydigan haftalik ish reja va uning hisobotini olish tizimi yoʻlga qoʻyildi;

-  faol ishlayotgan yetakchilarning 4 nafari Turkiya va 7 nafari Rossiyaga stajirovkaga yuborildi;

-  oliy taʼlim muassasalarining sirtqi boʻlimiga oʻqishga qabul qilingan, 474 nafar yoshlar yetakchisining 2-semestr kontrakti uchun 3 milliard 159 ming soʻm toʻlab berildi;

“Yilning eng namunali mahalla yetakchisi” respublika tanlovi oʻtkazildi.

Oʻtgan yil dekabr oyida – “Yoshlar forumi” doirasida yoshlar va rahbarlar oʻrtasidagi muloqotni mustahkamlash maqsadida barcha vazirlik va idoralarda yuz minglab yoshlar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, koʻplab muammolarga yechimlar topildi.

2024-yil mamlakatimizda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” deb eʼlon qilinganini hisobga olsak, bu yil yoshlar manfaatlarini taʼminlashga yanada keng koʻlamli yondashiladi.

Shubhasiz, yoshlar – davlat va jamiyatning hal qiluvchi kuchi. Biznes va tadbirkorlik esa zamonaviy iqtisodiyotimizning asosini tashkil qiladi. Joriy yilning ana shunday nomlanishi yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga oʻrgatish, ularda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish, tashabbuslarini roʻyobga chiqarish, bandligini taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratilishidan dalolatdir.

Jumladan, bu yil yurtimizda 5 million aholi bandligini taʼminlash boʻyicha alohida dastur qabul qilindi. Davlatimiz rahbari qatʼiy taʼkidlaganidek, “qambagʻallikni keskin kamaytirish uchun odamlarimizga doimiy daromad keltiradigan ish oʻrinlarini yaratish zarur”.

2024-yilda yigit-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlaydigan, hayotda munosib oʻrin topishi uchun koʻmak beradigan yaxlit va uzluksiz tizim yaratiladi. Biznes va tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga, ayniqsa, tadbirkor yoshlarga yanada keng imkoniyat va imtiyozlar taqdim etiladi.

Yuqorida taʼkidlaganimiz – “Oʻzbekiston–2030” strategiyasida ham yoshlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ishsizlik darajasini kamaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan. 400 ming yoshning bandligini taʼminlash va muammolarini hal etishga erishish, yoshlarning ishsizlik darajasini 14 foizdan 11 foizga tushirish maqsad qilingan. Bu boradagi vazifalar “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da izchil amalga oshiriladi.

Shuningdek, yoshlar orasida katta qiziqish bilan kutib olingan “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali chet tillarni oʻrganayotgan yoshlarni 1 million nafarga, kitobsevarlarning “Mutolaa” dasturi orqali yosh kitobxonlarni 1,5 million nafarga yetkazish choralari koʻriladi. Buning uchun hududlarda qoʻshimcha infratuzilma barpo etilib, yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarish uchun yanada keng sharoitlar yaratiladi.

Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ham keng koʻlamli ishlar rejalashtirilgan. Bu ishlarning debochasi oʻlaroq, tadbirkorlikni boshlamoqchi boʻlgan qizlarni oʻqitish uchun maxsus grant eʼlon qilindi. Bunda ikki oy davomida 50 nafar qiz ilk bosqichdan biznes boshlashning amaliy usullarini 10 nafar tajribali ekspertdan bepul oʻrganadi. Loyihaning birinchi bosqichida 18-30 yosh oraligʻida boʻlgan, Toshkent shahrida yashaydigan yoki yashash imkoniga ega nomzodlar koʻrib chiqiladi.

Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki, bu yil yurtimizdagi 19 milliondan ortiq yosh uchun ulkan imkoniyatlar yili boʻladi. Biznes va tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish, ilm-fan, innovatsiya, axborot texnologiyalari sohalarini rivojlantirishga katta eʼtibor qaratiladi. Yoshlarning ilgʻor gʻoya va tashabbuslari, intilishlari yanada ragʻbatlantiriladi.

Shu bois, Yoshlar ishlari agentligining mahalladan respublikagacha boʻlgan vertikal tizimidagi barcha rahbar va masʼul xodimlari, yoshlar yetakchilari “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan har bir topshiriq va vazifalarning ijrosini yuqori saviyada taʼminlash uchun toʻla safarbar qilindi.

Bu borada 2023-yil 21-noyabr kuni ijro intizomi masalalari boʻyicha oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan quyidagi talablar topshiriqlar ijrosi boʻyicha yakuniy natijadorlikka erishishning mustahkam poydevori hisoblanadi:

birinchisi – tizim yaratish;

ikkinchisi – tartib oʻrnatish;

uchinchisi – temir intizomni taʼminlash;

toʻrtinchisi – rahbarlar va boshqaruv tizimi xodimlarining dunyoqarashini keskin oʻzgartirish.

Alisher Saʼdullayev,

Yoshlar ishlari agentligi direktori

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net