YEXHT DIIHB Missiyasi: Saylovga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilgan

10.07.2023 13:56

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda taʼkidlanganidek, 8-may kuni Prezidentning “Muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon bilan 2023-yil 9-iyul kuni muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi oʻtkazilishi belgilandi. Saylov kodeksida Prezident muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini tayinlagan taqdirda saylov Saylov kodeksiga toʻliq muvofiq holda ikki oy ichida oʻtkazilishi belgilab qoʻyilgan. Bunda saylovga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir tadbirlarni amalga oshirish muddatlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi. Saylovga tayyorgarlik milliy qonunchilikda nazarda tutilgan tashkiliy ishlardan boshlanadi. Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 2023-yil 10-maydan muddatidan ilgari Prezident saylovi boʻyicha saylov kampaniyasiga start berildi. Shu tariqa mamlakatda Prezident saylovi erkin va adolatli, ochiq va oshkora tayyorgarlik ishlari boshlandi. Prezident saylovini oʻtkazish bilan bogʻliq barcha ishlar Markaziy saylov komissiyasi hamda okrug va uchastka saylov komissiyalari tomonidan Konstitutsiya, Saylov kodeksi, Markaziy saylov komissiyasi qarorlari, shuningdek, kalendar rejaga muvofiq amalga oshirildi.

Saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tadbirlarning tartibi, bosqichlari va muddatlari haqidagi xolis axborotlarni saylovchilar va siyosiy partiyalarga belgilangan tartibda ommaviy axborot vositalari orqali tezkorlik bilan yetkazish taʼminlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net