YEXHT DIIHB Missiyasi: Saylov – mamlakatning, millatning imiji, obroʻsi

10.07.2023 13:57

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Qayd etilganidek, saylovga tayyorgarlik jarayonida nogironligi boʻlgan fuqarolarning alohida ehtiyojlariga jiddiy eʼtibor qaratilgan. Bu muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonida ham amaliy ifodasini topdi. Prezident saylovini tashkil qilish va oʻtkazishda nogironligi boʻlgan fuqarolarning oʻz saylov huquqlaridan teng, toʻsqinliksiz foydalanishini taʼminlash maqsadida saylov uchastkalari binolarini va ovoz berish xonalarini tanlash hamda jihozlashda milliy saylov qonunchiligida belgilangan barcha shart¬sharoitlarni yaratishga alohida eʼtibor qaratildi.

Nogironligi boʻlgan fuqarolarning saylov huquqlarini taʼminlashda qoʻshimcha shart¬-sharoit va imkoniyatlar yaratishga doir masala Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati, Koʻzi ojizlar jamiyati, Karlar jamiyati va Nogironlar assotsiatsiyasidan vakillarninng fikr va mulohazalari inobatga olingan holda tashkil etildi.

Xususan, saylov byulleteni brayl alifbosida koʻp ming nusxada chop etildi. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi fuqarolar saylov byulletenida oʻz xohish¬irodasini mustaqil ifoda eta olishi uchun har bir saylov uchastkasi trafaret bilan taʼminlandi. Saylov uchastkalarida nogironligi boʻlgan va jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinalari joylashtirildi. Koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi saylovchilar uchun optik lupalar hamda yoritkichlar mavjud boʻlishi taʼminlandi. Markaziy saylov komissiyasi majlislarini ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va telekanallar orqali surdo tarjimada bevosita kuzatib borish imkoniyati yaratildi.


Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net