YEXHT DIIHB Missiyasi: Ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslarning ham huquqlari taʼminlandi

10.07.2023 13:57

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Unda hududlarda boʻlib oʻtgan saylov jarayonlarining xavfsiz oʻtishi, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil qilingan saylov uchastkalari haqida ham soʻz bordi.

Qayd etish lozimki, joriy yilda qonunchilikka kiritilgan oʻzgarishlarga asosan, avvalgi saylovlardan farqli ravishda, jazoni ijro etish muassasalarida ilk bor ogʻir va oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etgani uchun jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlar ham bu yilgi saylovda ishtirok etdi.

Mutasaddilarning taʼkidlashicha, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan 33 753 nafar shaxs saylovda ovoz berish huquqiga ega. Ularning mazkur qonuniy huquqini taʼminlash uchun Markaziy saylov komissiyasi bilan kelishilgan holda qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida jami 48 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. Har bir mahkumning saylovda ishtirok etish huquqi toʻliq taʼminlandi.

Shuningdek, saylovoldi kampaniyasi paytida qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan mahkumlar bilan nomzodlarning ishonchli vakillari ishtirokida jami 272 ta tadbir tashkil qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net