YEXHT DIIHB Missiyasi: okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibiga qoʻyilgan talablar yuksak xalqaro talablarga toʻla mos

10.07.2023 13:56

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Qayd etilganidek, saylovning qanday oʻtishi koʻp jihatlarga, ayniqsa, uchastka saylov komissiyasi faoliyatiga bevosita bogʻliq. Saylovga oid qonunlar samarasi shu yerda yuzaga chiqadi, mavjud muammolar shu yerda aks etadi.

Prezident saylovini oʻtkazish boʻyicha tuzilgan uchastka saylov komissiyalari tarkibida faoliyat yuritayotgan aʼzolarning sifat koʻrsatkichlari tahlil qilinsa, milliy saylov tizimida izchillik bilan amalga oshirilayotgan keng qamrovli demokratik oʻzgarishlar berayotgan ijobiy samaralarni koʻrish mumkin.

Bu, avvalo, jami 108 ming 399 aʼzoni birlashtirgan uchastka saylov komissiyalari safida ayollarning avvalgi saylovlardagidan sezilarli darajada koʻpligida koʻrinadi. Agar 2019-yilda oʻtgan parlament saylovida uchastka saylov komissiyalari tarkibida 54,4 mingga yaqin ayol faoliyat yuritgan boʻlsa, joriy yildagi Prezident saylovida ular qariyb 2,5 mingtaga koʻp. Mazkur komissiyalar raislarining 3827 nafari, rais oʻrinbosarlarining 4199 nafari, kotiblarining esa 5745 nafari xotin-qizlardir. Uchastka saylov komissiyalari tarkibida nogironligi boʻlgan 1856 fuqaro ish olib bordi. Axborot¬-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha mutaxassislar esa aʼzolarning 19 foizini tashkil etadi. Ushbu koʻrsatkichlar saylov oʻtkazish boʻyicha okrug va uchastka saylov komissiyalari tarkibiga qoʻyiladigan yuksak xalqaro talablarga toʻla mosdir.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net