YEXHT DIIHB Missiyasi: Faqat ovoz berish yashirin

10.07.2023 13:56

Bugun poytaxtimizda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi (YEXHT DIIHB)ning muddatidan ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining dastlabki natijalari yuzasidan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Saylov – demokratiya koʻzgusi. Negaki, har qanday mamlakatda ochiqlik, oshkoralik, soʻz erkinligi, saylash va saylanish huquqiga oid umumeʼtirof etilgan koʻplab demokratik tamoyillarning amalda nechogʻliq taʼminlangani aynan saylov jarayonida namoyon boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish jarayonlarining ochiqligi va oshkoraligini taʼminlash barcha darajadagi saylov komissiyalari faoliyatining asosiy prinsiplaridandir. Prezident saylovini 800 ga yaqin xalqaro kuzatuvchi kuzatib bordi. Ular orasida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Parlament assambleyasi hamda Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosi, Shanxay hamkorlik tashkiloti, Turkiy davlatlar tashkiloti, Turkiy davlatlar Parlament assambleyasi, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi va MDH Parlamentlararo assambleyasi, Islom hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tuzilmalar va dunyoning 47 davlatidan tashrif buyurgan kuzatuvchilar bor. Ayni paytda Prezidentlikka nomzod koʻrsatgan siyosiy partiyalar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan 54 mingga yaqin kuzatuvchi akkreditatsiyadan oʻtkazilgan. Mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiyadan oʻtgan 1257 vakili saylov jarayonlarini yoritib bordi.

Saylov uchastkalarini ovoz berishga hozirlash jarayonida kuzatuvchilar va jurnalistlar uchun maxsus joy ajratilishiga alohida eʼtibor qaratildi. Kuzatuvchilar ovoz berish jarayonini bemalol kuzatishlari, OAV vakillari bu jarayonni hech qanday toʻsiqsiz yoritib borishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net