Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O?zbekistonda ekologik loyihani amalga oshirishga ko?maklashadi

02.09.2022 10:53

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Narzullo Oblomuradov va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB)ning Yadro xavfsizligi departamenti direktori Baltazar Lindauer o‘rtasida Bitim imzolandi.

Unda mamlakatimizning Chorkesar va Yangiobod maxsus poligonlarini rekultivatsiya qilish borasidagi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha grant loyihasini amalga oshirish belgilangan.

7 million yevroga teng grant shartnomasini imzolash marosimi YeTTBning Londondagi shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tdi.

2021 yilda Davlat ekologiya qo‘mitasi va  YeTTB o‘rtasida konsultativ yordam ko‘rsatilishi uchun 2 million yevro miqdoridagi birinchi bitim imzolangan edi.

Jami 9 million yevro miqdoridagi grant loyihasi bank tomonidan Markaziy Osiyo uchun Atrof-muhitni reabilitatsiya qilish ekologik hisobi maxsus fondi hisobidan moliyalashtiriladi.

Grant loyihasi doirasida 2022-2025 yillar davomida maxsus uchastkalarini ekologik sog‘lomlashtirish va rekultivatsiya qilish  tadbirlari amalga oshiriladi.

Xolisona o‘tkazilgan ekspertiza hamda xavf-xatarlar va mahalliy sharoitlarni kompleks ekologik baholash asosida mutaxassislar hududni rekultivatsiya qilish, qurilish-montaj, izolyatsiya va himoya ishlarini olib borish bo‘yicha eng xavfsiz va maqbul variant va rejalarni tanlagan.

Rekultivatsiya ishlari 2023 yilning birinchi choragida boshlanishi rejalashtirilgan bo‘ib, taxminan ikki yil ichida yakunlanadi.

Loyiha doirasidagi qurilish va reabilitatsiya ishlari mahalliy va germaniyalik mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur ijtimoiy loyihaning amalga oshirilishi ushbu hududlarning ekologik xolatini  yaxshilashda katta o‘rin tutadi. Yaqin kelajakda sanitariya-ekologik vaziyatni yaxshilash hududning barqaror rivojlanishiga, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarga qo‘shimcha investitsiyalar jalb etilishiga, shuningdek, hududlarning turistik  va ekoturistik salohiyatini rivojlantirishga, mahalliy aholi bandligi va daromadlarini oshirishga xizmat qiladi.

Uchrashuv yakunida  loyihani amalga oshirish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari yuzasidan kelishib olindi.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net