YER TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK CHORALARI KUCHAYTIRILISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA

05.03.2019 14:43

Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 22 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2019 yil 28 fevralda maʼqullangan

 1-modda.Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165-modda; 2002 yil, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda,№ 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007 yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda;

 2008 yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010 yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda;

 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430-modda, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) quyidagi qoʻshimchalar kiritilsin:

 1) quyidagi mazmundagi 1971-modda bilan toʻldirilsin:

 «1971-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik

 Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, –eng kam oylik ish haqining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Oʻsha qilmish:

 a) takroran;

 b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

 2) quyidagi mazmundagi 2294-modda bilan toʻldirilsin:

 «2294-modda. Yer berish tartibini buzish Yer berish tartibini buzish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, – eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

 Oʻsha harakat:

 a) takroran sodir etilgan boʻlsa;

 b) sugʻoriladigan yerlarning qishloq xoʻjaligi oborotidan chiqishiga sabab boʻlsa, – eng kam oylik ish haqining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi».

 2-modda.Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 11, 23-moddalar, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 9, 165-modda;

 2003 yil, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 12, 418-modda; 2006 yil, № 6, 261-modda; 2007 yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda, № 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, № 6, 231-modda, № 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, № 12, 477-modda; 2011 yil, № 4, 103, 104-moddalar, № 9, 252-modda, № 12/2, 363-modda; 2012 yil, № 1, 3-modda, № 9/2, 244-modda, № 12, 336-modda; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 385-modda; 2017 yil, № 3, 47-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 218, 224-moddalar, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 679-modda; 2019 yil, № 1, 3, 5-moddalar) 345-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Jinoyat kodeksining 97–1031, 108, 116, 141–149, 175, 180–1811-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 186-moddasi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 1921–19211, 1971, 205–212, 215, 218–221, 2294, 230, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233–236, 2411–242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaxslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan olib boriladi».

 3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995 yil, № 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996 yil, № 5–6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 4–5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998 yil, № 3, 38-modda, № 5–6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000 yil, № 5–6, 153-modda, № 7–8, 217-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda;

 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012 yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

 1) 60-modda:

 dispozitsiyasidagi “xuddi shuningdek yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

 quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

 «Yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish, – fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

 Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxs, agar u oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini taʼminlasa hamda oʻzboshimchalik bilan egallab olishning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi»;

 2) quyidagi mazmundagi 601-modda bilan toʻldirilsin:

 «601-modda. Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha choralar koʻrmaslik

 Sugʻoriladigan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallab olishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar koʻrmaslik, – fuqarolarga eng kam ish haqining oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – yigirma baravaridan oʻttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi‎»;

 3) 68-modda:

 birinchi qismining sanksiyasidagi “uchdan bir qismidan bir baravarigacha”, “bir baravaridan uch baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “bir baravaridan uch baravarigacha”, “uch baravaridan besh baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 ikkinchi qismining sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha”, “uch baravaridan yetti baravarigacha” degan soʻzlar tegishincha “uch baravaridan besh baravarigacha”, “yetti baravaridan oʻn baravarigacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 4) quyidagi mazmundagi 681-modda bilan toʻldirilsin:

 «681-modda. Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik

 Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga boʻlgan huquqni roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻz vaqtida murojaat etmaslik, – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi»;

 5) 245-moddaning birinchi qismi “60” raqamidan keyin «601» raqami bilan toʻldirilsin;

 6) 2661-moddaning birinchi qismidagi «69-moddasida» degan soʻzlar «681 va 69-moddalarida» degan soʻzlar bilan almashtirilsin.

 4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan 163–I-sonli va 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan 256–I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, 2-songa ilova, № 11–12; 1997 yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda;

 1998 yil, № 5–6, 102-modda; 1999 yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001 yil, № 1–2, 23-modda, № 9–10, 182-modda; 2002 yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003 yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004 yil, № 1–2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007 yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008 yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009 yil, № 9, 337-modda; 2010 yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011 yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015 yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda;

 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda)

 212-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:

 uchinchi qismidagi “toʻrtinchi va beshinchi qismlarida” degan soʻzlar “toʻrtinchi qismida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

 toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

 beshinchi va oltinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin;

 toʻrtinchi qismidagi “shaxsning ham” degan soʻzlar “shaxsning” degan soʻz bilan almashtirilsin;

 beshinchi qismidagi “yuqorida koʻrsatilgan shaxslarning” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

 5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan 598–I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998 yil, № 5–6, 82-modda; 2003 yil, № 9–10, 149-modda; 2004 yil, № 5, 90-modda; 2005 yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 12, 608-modda; 2009 yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 8, 312-modda; 2017 yil, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda) quyidagi mazmundagi 491-modda bilan toʻldirilsin:

 «491-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalarini berish

 Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida ilmiy-tadqiqot va taʼlim maqsadlari, tovar qishloq xoʻjaligini yuritish va ilgʻor tajribani targʻib qilish uchun beriladi.

 Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas.

 Tajriba-ishlab chiqarish, oʻquv, oʻquv-tajriba va oʻquv-ishlab chiqarish xoʻjaliklari, ilmiy-tadqiqot va boshqa qishloq xoʻjalik muassasalari va tashkilotlariga berilgan, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra alohida hollarda yoʻl qoʻyiladi».

 6-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabrda qabul qilingan OʻRQ–136-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, 12-songa 1-ilova; 2008 yil, № 12, 639-modda; 2009 yil, № 9, 330, 331-moddalar, № 12, 470, 472, 473-moddalar; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334, 335, 336, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 474-modda; 2011 yil, № 1, 1-modda, № 9, 248-modda, № 12/2, 364, 365-moddalar; 2012 yil, № 4, 106-modda, № 9/1, 238-modda, № 12, 334, 336-moddalar; 2013 yil, № 10, 263-modda, № 12, 349-modda; 2014 yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, № 8, 312-modda, № 12, 452, 454-moddalar; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 384, 385-moddalar; 2017 yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772, 773-moddalar; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 431, 433-moddalar, № 10, 673-modda, № 12, 781, 783-moddalar; 2019 yil, № 1, 1, 2, 3-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:

 1) 84-modda:

 yettinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

 «Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi organlar yer uchastkasiga boʻlgan huquqi yuzaga kelgan (tugatilgan) shaxslarni koʻrsatgan holda yer uchastkasiga boʻlgan huquq berilganligi (tugatilganligi) toʻgʻrisida, shuningdek yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatsiz yoki hujjatda koʻrsatilganiga nisbatan katta hajmdagi yer uchastkalaridan foydalanilganlik va yer uchastkasiga boʻlgan egalik qilish, foydalanish, ijara va mulk huquqining roʻyxatdan oʻtkazilmaganligi hollari haqida yer uchastkasi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga mazkur hollar aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda maʼlum qilishi shart»;

 quyidagi mazmundagi sakkizinchi qism bilan toʻldirilsin:

 “Yer resurslarini hisobga olishni amalga oshiruvchi va (yoki) baholovchi organlar har bir qishloq xoʻjaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchi boʻyicha qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga har yili yanvar oyining birinchi oʻn kunligida, yil davomida normativ qiymat oʻzgargan taqdirda, qishloq xoʻjaligi yerlarining normativ qiymati aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda elektron shaklda axborot taqdim etadi”;

sakkizinchi – oʻn uchinchi qismlar tegishincha toʻqqizinchi – oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 329-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 37-band bilan toʻldirilsin:

 “37) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari – yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha”;

 3) 330-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 23-band bilan toʻldirilsin:

 “23) Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, uning joylardagi organlari – yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bogʻliq daʼvolar boʻyicha”.

 7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

 hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

 davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin;

 ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.

 8-modda.Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                 Sh. Mirziyoyev

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net