Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari haqidagi maʼlumotlar eʼlon qilindi

17.04.2023 11:42

/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonda 2023 yilning yanvar - mart oylari mobaynida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 23 230 tani (fermer va dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno) tashkil etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston statistika agentligi maʼlumotlarida qayd etilishicha, ular iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
 

 

-        savdo sohasida – 8 639 ta

-        sanoat sohasida – 3 986 ta

-        qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 3 086 ta

-        yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 1 454 ta

-        qurilish sohasida – 1 290 ta

-        tashish va saqlash sohasida – 1 128 ta

-        axborot va aloqa sohasida – 800 ta

-        sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida – 353 ta

-        boshqa sohalarda – 2 494 tani tashkil etgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net