Xivada bo'lib o'tgan O'zbekiston-Qozog'iston sammiti yakunlandi

05.04.2024 10:02

/"Dunyo" AA/. Qozog'iston Prezidentining mamlakatimizga tashrifi yakunlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, ko'hna Xiva shahrida o'tgan oliy darajadagi tadbirlar doirasida Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar, mintaqaviy ahamiyatga molik jihatlar yuzasidan fikr almashdilar.

"Xiva gilamlari" kombinati faoliyati, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko'rgazmasi bilan tanishildi.

Xiva shahridagi Ichan-qal'a majmuasining tarixiy obidalari va Nurillaboy saroyi ziyorat qilindi.

Urganch xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezidentimiz kuzatib qo'ydi. So'ng davlatimiz rahbari Toshkentga jo'nab ketdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net