Xitoy Raisi O?zbekiston Prezidentini Navro?z bayrami bilan tabrikladi

20.03.2023 11:41

Xitoy Raisi O‘zbekiston Prezidentini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylariga

 

Hurmatli Prezident janoblari!

O‘zbekistonning milliy bayrami – Navro‘z ayyomi bilan Xitoy hukumati va xalqi hamda shaxsan o‘z nomimdan Sizni va O‘zbekiston xalqini chin qalbimdan muborakbod etishdan g‘oyat mamnunman.

O‘tgan yili sentyabr oyida O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifim chog‘ida bo‘lib o‘tgan do‘stona va sermahsul muzokaralarimiz natijasi o‘laroq mamlakatlarimizning strategik hamkorligini yana-da rivojlantiruvchi, xalqlarimiz manfaatiga xizmat qiluvchi qo‘shma bayonot qabul qildik, davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish istiqbollarini belgilab oldik.

Men Xitoy – O‘zbekiston munosabatlarini rivojlantirishga katta eʼtibor qarataman. Sizning joriy yil may oyiga rejalashtirilgan ilk «Xitoy – Markaziy Osiyo» sammitida ishtirok etishingizni va Xitoyga davlat tashrifingizni kutib qolaman.

Siz bilan birgalikda Xitoy – Markaziy Osiyo munosabatlari istiqbollari hamda mamlakatlarimizning ikki tomonlama hamkorligiga oid katta rejalarini muhokama etishimiz O‘zbekiston-Xitoy hamkorligini yana-da yuqori darajaga ko‘tarishiga ishonchim komil.

Fursatdan foydalanib, Siz Janobi Oliylariga mustahkam sog‘lik-salomatlik, masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Do‘st O‘zbekiston xalqiga baxt va farovonlik hamisha yor bo‘lsin!

 

Ehtirom ila,

 Si Szinpin,

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net