XALQINGIZNING MADANIY YODGORLIKLARI JAHON XALQLARI TOMONIDAN O`RGANILISHGA LOYIQ

07.04.2019 11:03

O`zA muxbirlari Termiz shahrida o`tayotgan Xalqaro baxshichilik festivali ishtirokchilari va mehmonlarining ayrimlari bilan suhbatda bo`ldi.

Jan MUSI, Shveytsariya va Lixtenshteyn xorij matbuoti assotsiatsiyasi prezidenti:

– O`zbekistonni ko`rishni anchadan buyon orzu qilar edim. Mamlakatingizda keyingi yillarda ulkan o`zgarishlar bo`lmoqda. Milliy o`zlikni anglashga, umumbashariy madaniyatning uzviy qismi bo`lgan qadimiy an`ana va urf-odatlarni asrash va rivojlantirishga qaratilayotgan e`tibor shular jumlasidandir. 

Termizda o`tayotgan baxshichilik festivaliga kelib, xalqingiz o`zining tarixiy ildizlari bo`lgan folklor san`atini kelajak avlodlarga bezavol etkazishga naqadar intilishiga guvoh bo`ldik. Bu erda O`zbekiston bilan birga turli millat va xalqlarning epik san`ati namunalarini tinglamoqdamiz. Festival boshqa millat vakillariga ham o`z folklor san`atini targ`ib etish imkonini bermoqda.

Kecha festivalning tantanali ochilish marosimini katta hayrat bilan kuzatdik. Tarixiy dostonlar mazmuni va g`oyasi zamonaviy musiqa bilan uyg`unlashtirib ijro etilgani o`zbek san`atining ildizlari teranligidan dalolat. Shunday noyob va buyuk san`atga ega xalqingizning madaniy yodgorliklari jahon xalqlari tomonidan o`rganilishga loyiq. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net