Xalqaro kongress markazida Qozog?iston Prezidentini tantanali kutib olish marosimi bo?ldi

22.12.2022 10:51

“Dunyo” AA/. Toshkent shahridagi Xalqaro kongress markazida O‘zbekistonda davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston Prezidentini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston davlat madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul bo‘linmasi boshlig‘i raport bergach, davlat rahbarlari qorovul safi oldidan o‘tib, o‘zbek harbiy xizmatchilarini qutladilar va O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘iga ehtirom ko‘rsatdilar. 

So‘ng Prezidentlar rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini bir-biriga tanishtirdi.

Birgalikda suratga tushish marosimidan so‘ng davlat rahbarlari tor doirada muzokara o‘tkazish uchun mo‘ljallangan zalga o‘tdilar.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net