VLADIVOSTOK SHAHRIDA O?ZBEKISTONNING BOSH KONSULXONASI RASMAN OCHILDI

01.03.2019 15:00

2019-yilning 1-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh Konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida diplomatik vakolatxona joylashgan bino oldida mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarildi.

Marosimda Primorye o‘lkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ishtirok etdi. U bilan savdo-iqtisodiy, turizm va boshqa sohalarda Ozbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

 Shu kunning o‘zida Primorye o‘lkasi ma’muriyati/administratsiyasi binosida Bosh konsulxonaning rasmiy ochilish tadbirlarida ishtirok etgan ishbilarmon doiralar va sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va turistik salohiyati haqida ma’lumot berildi.

 O‘zbekiston Respublikasining Bosh konsulxonasi manzili: 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy, telefon raqami +7-423-260-48-00.

 Ish vaqti: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net