“Uzbekistan Trade Info” bosqichma-bosqich savdo axboroti platformasi - transchegara savdosini osonlashtirishning samarali vositasi

16.03.2023 12:03

/“Dunyo” AA/. O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston "Uzbekistan Trade Info" savdo axborot platformasini bosqichma-bosqich ishga tushirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Loyiha O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Xalqaro savdo markazining texnik ko‘magi, Yevropa Ittifoqi moliyalashtiruvi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va rivojlanish bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD)ning qo‘shimcha texnikaviy qo‘llab-quvvatlashi bilan amalga oshirilmoqda.

“Uzbekistan Trade Info” bosqichma-bosqich savdo axboroti platformasi transchegara savdo-sotig‘ini osonlashtirish, mavjud milliy onlayn xizmatlarini to‘ldirish uchun samarali vosita bo‘lib, O‘zbekistonning xususiy jabhasiga xalqaro savdoning barcha imkoniyatlaridan foydalanish borasida ko‘maklashadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net