Turkiya Prezidenti O?zbekiston Konstitutsiyasiga o?zgartirishlar kiritish bo?yicha bo?lajak referendumni to?liq qo?llab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli o?tishini tiladi

12.04.2023 11:38

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun kechasi Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan o‘tkazgan telefon orqali muloqotda “Togg” brendi ostida ishlab chiqarilgan birinchi turk elektromobili uchun minnatdorlik bildirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mamlakatimiz Prezidenti matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, davlatimiz rahbari qardosh Turkiya Prezidenti va xalqini katta texnologik g‘alaba – mamlakatda zamonaviy elektromobillarni sanoat usulida ishlab chiqarish boshlangani bilan tabrikladi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Turkiya keng ko‘lamli strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining bugungi darajasiga yuksak baho berildi.

O‘zbekiston va Turkiya yetakchi kompaniyalarining yuqori texnologik tarmoqlardagi sanoat kooperatsiyasi miqyosini yana-da kengaytirish uchun mavjud imkoniyatlar qayd etildi.

Joriy yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan ikki tomonlama Oliy darajadagi Strategik sheriklik kengashi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga alohida eʼtibor qaratildi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Telefon muloqoti yakunida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha bo‘lajak referendumni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi va uning muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net