TOSHKENTDA XALQARO SIRK SAN’ATI FESTIVALI O?TKAZILADI

28.06.2019 14:35

Dunyo xalqlarining sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, o‘zbek milliy sirk san’atini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uning obro‘-e’tiborini, san’at sohasidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi.

 

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 iyun kuni qabul qilingan qarorida belgilangan.

 Mazkur hujjatda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi hamda Toshkent shahar hokimligi mas’uliyati ostida mamlakatimiz poytaxtida 2021 yildan boshlab har ikki yilda bir marotaba noyabr oyida “Xalqaro sirk san’ati” festivalini o‘tkazilishi qayd etilgan.

 Festival nizomiga muvofiq, xalqaro hay’at a’zolari ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini gimnastika, akrobatlar, hayvonlar olami, va maxsus (original) chiqishlar yo‘nalishlari bo‘yicha baholaydi.

 G‘olib va sovrindorlar diplom va statuetka bilan taqdirlanadi. Jumladan, g‘olibga 5 ming dollar, ikkinchi o‘rin sohibiga 3,5 ming dollar va uchinchi o‘rinni egallagan ishtirokchiga 2 ming dollar pul mukofoti topshiriladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net