Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boshlandi

24.01.2023 16:35

/“Dunyo” AA/. Bugun Toshkentda O‘zbekiston raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishi boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining 26-yig‘ilishida IHT  Bosh kotibi Xusrav Noziriy, Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay ishtirok etmoqda

Tadbir davomida ishtirokchilar savdo, transport, investitsiya, “yashil” iqtisodiyot, raqamlashtirish, energetika va boshqa sohalardagi hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, shuningdek, O‘zbekistonning Iqtisodiy hamkorlik tashkilotidagi raisligi yakunlarini umumlashtiradilar. 

Anvar Ilyosov olgan surat (“Dunyo” AA)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net