Toshkentda «Ipak yo?lida turizm» xalqaro sayyohlik yarmarkasi ish boshladi

30.11.2022 21:50

TOSHKENT, 30-noyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” majmuasida  «Ipak yo‘lida turizm» 27-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi (TXTYA-2022) ish boshladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Forum doirasida «Media loyihalar – mamlakatning turistik tashrif qog‘ozi», «Mamlakat sayyohligini rivojlantirishda davlatning o‘rni», «Gastronomiya – mamlakatning alohida identifikatori sifatida», «O‘zbekistonda turizmning rivojlanayotgan turlari», «Turizmda xalqaro raqobat va brending», «Xizmat ko‘rsatish sohasidagi muvaffaqiyatsizliklar, qanday qilib ularning oldini olish mumkin, xodimlarning yetishmasligi bilan qanday kurashish kerak?» mavzularidagi shoʻba seksiyalari o‘tkaziladi.

Yarmarka ishida Fransiya, Yaponiya, Malayziya, Tailand, Koreya Respublikasi, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ozarbayjon va boshqa 15 dan ortiq davlatlar o‘zlarining milliy stendlari bilan ishtirok etmoqda.

Yarmarka 1995 yildan beri BMT Butunjahon turizm tashkiloti ko‘magida tashkil etilmoqda. Har yili ko‘rgazma butun dunyodan sayyohlik biznesi mutaxassislarini to‘playdi.

Eslatib o‘tamiz: 2020 yilning 11-13 noyabr kunlari 26-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi tarixda birinchi marta onlayn tarzda o‘tkazilgan edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net