Toshkentda “Alpomish” muz saroyi ochildi

23.12.2022 11:27

“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi muhtasham  “Alpomish” muz saroyi qayta foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Toshkent shahar hokimligi maʼlumotiga ko‘ra, 50 yildan ortiq tarixga ega “Yubileyniy” sport majmuasi ikki yil davom etgan mukammal taʼmirlash ishlaridan keyin “Alpomish” nomi bilan yana qad rostladi.

Loyihaning umumiy maydoni 8 ming kvadrat metr, 6 ming o‘ringa ega bo‘lib, eng zamonaviy va jahon andozalariga javob beradigan sport inshootiga aylantirildi. 

Muz saroyida xokkey matchlari, short-trek, figurali uchish, kyorling bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, rivojlangan xorijiy davlatlarning bu yo‘nalishdagi tajribasini ommalashtirishga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

Bundan tashqari, muhtasham muz saroyida sport ixlosmandlari uchun turli o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net