TOSHKENT ISHBILARMONLIK MARKAZIGA AYLANTIRILADI

22.12.2018 12:53


Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boshlandi. 

Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Toshkent shahrida 2017 yili yalpi hududiy mahsulot 5 foizga o‘sgani qayd qilindi. Joriy yilda bu ko‘rsatkich 8,1 foizni tashkil etmoqda. Shuningdek, joriy yil yakuni bo‘yicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 9,2 foizga, qurilish ishlari 11,6 foizga, xizmat ko‘rsatish 10,5 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu mamlakatimiz bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlardandir. 

Prezidentimiz Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha muhim yo‘nalishlarni ko‘rsatib o‘tdi. Toshkent shahrini yirik ishbilarmonlik va moliya markaziga aylantirish bo‘yicha strategiya ishlab chiqish zarurligini ta’kidladi.

- Bugungi globallashuv davrida iqtisodiyotga investitsiyalarni faol jalb etib, biznes uchun qulay sharoitlar yaratib berayotgan shaharlar jadal rivojlanmoqda. Toshkent shahrini yuqori texnologik sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan, bank, moliya, sug‘urta va boshqa zamonaviy xizmatlar ko‘rsatadigan yirik xalqaro markazga aylantirishimiz zarur. Shahar atrofi sanoat zonalari, shahar ichi esa innovatsion hudud bo‘lishi kerak, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ijtimoiy soha, qurilish va kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, aholi va turistlar uchun qulayliklarni oshirish bo‘yicha ham istiqboldagi muhim vazifalar belgilandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net