TIVDA UCHRASHUV

02.04.2019 14:30

2019-yilning 1-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian va Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Roland Kobia boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- Afg‘onistonda siyosiy jarayonni boshlashga ko‘maklashish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari va mazkur yo‘nalishda kutilayotgan hamkorlik;

- O‘zbekiston Afg‘onistonda amalga oshirayotgan yirik infratuzilma loyihalari;

- Afg‘onistonga iqtisodiy ko‘maklashish doirasida ikki va ko‘p tomonlama ijtimoiy-gumanitar loyihalarni amalga oshirish istiqbollari;

- agf‘on yoshlarini yangi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitish, xususan tibbiyot va boshqa mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashda Afg‘onistonga ko‘maklashish borasidagi O‘zbekistonning sa’y-harakatlari.

Tashrif doirasida YI delegatsiyasi Surxondaryo viloyatiga boradi va “Termiz Kargo” logistika markazi faoliyati, uning Afg‘oniston bilan savdoni rivojlantirishni rag‘batlantirishga va eksport-import operatsiyalari hajmini oshirishga yo‘naltirilgan imkoniyatlarini kengaytirish borasida ko‘rilayotgan choralar bilan tanishadi.

Suhbatda Yevropa Ittifoqi Delegatsiyasi Rahbari, Elchi Eduards Stiprays ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net