TIVDA O?ZBEKISTON PREZIDENTI KO?RSATMALARINI AMALGA OSHIRISHGA BAG?ISHLANGAN YIG?ILISH BO?LIB O?TDI

29.06.2019 17:49

2019-yilning 29-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov TIVda yig‘ilish o‘tkazdi. Ushbu yig‘ilish yilning birichi olti oyida O‘zbekistonning xorijdagi vakolatxonalari faoliyatining dastlabki yakunlari va ikkinchi yarim yilda chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilish, eksportga ko‘maklashish va mamlakatimizga turistlar oqimini oshirish bo‘yicha vazifalarga bag‘ishlandi.

 

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Hisob palatasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi, shuningdek, videoselektor shaklida O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixonalari va konsullxonalari rahbarlari ishtirok etdilar.

 Yig‘ilish avvalida ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan TIV va mamlakatimizning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari respublika hududlarini tez suratlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish, iqtisodiyot tarmoqlarini va yetakchi korxonalarni texnologik jihatdan modernizatsiya qilish, xorijiy kompaniyalar va moliyaviy institutlar ishtirokida ustuvor investitsion loyihalarni ilgari surishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga jalb qilinmoqdalar va bevosita faol ishtirok etmoqdalar.

 2018-yilning noyabridan joriy yilning iyun oyigacha bo‘lgan davr mobaynida davlatimiz rahbarining mintaqalarga tashrifi doirasida O‘zbekistonning chel eldagi vakolatxonalari tomonidan 5,25 mlrd. dollarlik 251 ta investitsion loyihalar ishlab chiqildi. Shu bilan bir qatorda diplomatik missiyalar tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining umumiy soni va miqdori mazkur ko‘rsatkichlardan anchaga ko‘p. 2019-yil yakuniga ko‘ra qiymati 2 mlrd. dollarga yaqin bo‘lgan 160 dan ortiq loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda.

 Diplomatik vakolatxonalarimiz mavjud mamlakatlarga tovar va xizmatlar eksporti 4,55 milliard dollarni tashkil qildi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27,3 foizga oshdi. O‘zbekistonga 3,4 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (+ 31%).

 26-iyundagi videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan qo‘yilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida joriy yilning besh oyi davomida mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalarni jalb qilish va eksport hajmini oshirish bo‘yicha diplomatik vakolatxonalar faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. Tarmoqlar bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirishga va birinchi yarim yillik natijalariga ko‘ra mablag‘larni o‘zlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

 O‘zbekistonning barcha elchixonalari va konsulliklari rahbarlarining biriktirilgan mintaqalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va davlat rahbarining mamlakat bo‘ylab safarlari chog‘ida bergan aniq topshiriqlari ijrosi to‘g‘risidagi hisobоtlari tinglandi.

 Hisobоtlar yakuniga ko‘ra, imkoniyatlar mavjud bo‘lgan mamlakatlarda investorlarni izlash bo‘yicha ayrim elchixonalar faoliyatining samaradorligi pastligi qayd etildi. Ustida ishlangan loyihalarni amalga oshirishda ortda qolish va 2019-yilning birinchi choragi yakuniga ko‘ra mablag‘lar o‘zlashtirishning pastligiga e’tibor qaratildi.

 O‘z navbatida, elchilar tomonidan investitsiyalarni jalb qilish, eksport va turistlar oqimini oshirishdagi bir qator to‘siqlarni bartaraf etish, xususan, investorlar so‘roviga ko‘ra zarur ko‘rsatkichlarni taqdim etishda kechikish, yer ajratish, mintaqa rahbarlarining xorijga tashriflaridan keyingi kelishuvlarni amalga oshirishni nazorat pastligi va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha statistika ma’lumotlari yo‘qligi, shuningdek, mamlakatning turistik salohiyati bo‘yicha reklama materiallarining yetishmasligi va boshqa muammolar bo‘yicha aniq takliflar bildirildi.

 Yig‘ilishda xorijiy vakolatxonalar rahbarlariga ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va mamlakat iqtisodiyotining muhim tarmoqlari uchun istiqbolli yangi investitsiya loyihalarini izlash bo‘yicha aniq choralar qabul qilish topshirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net