TIV xabariga ko?ra, konferensiya doirasida 18 oktyabr kuni BMT Bosh kotibi o?rinbosari – BMTning Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi rahbari Vladimir Voronkov bilan uchrashuv bo?lib o?tdi. Markaziy Osiyoda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash

04.10.2022 18:59

«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari,  Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev «Dunyo» AA uchun intervyusida mamlakatimiz parlamenti a’zolari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida  so‘zlab berdi.«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari,  Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev «Dunyo» AA uchun intervyusida mamlakatimiz parlamenti a’zolari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida  so‘zlab berdi.

-Bugungi kunda  Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi davomida aholidan kelib tushgan takliflar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitalari tomonidan umumlashtirilib, qonun loyihasi maromiga yetkazilmoqda.
 Mazkur jarayonda Konstitutsiyaviy qonun loyihasiga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Xususan, Konstitutsiyamizning 26-1-moddasiga jinoyat uchun hukm qilingan har kim qonunda belgilangan tartibda hukmning yuqori turuvchi sud tomonidan qayta ko‘rilishi huquqiga, shuningdek afv etish yoki jazoni yumshatish to‘g‘risida iltimos qilish huquqiga ega degan yangi norma kiritilishi taklif etilayapti.
Bu qoidaning Konstitutsiyada aks ettirish nima uchun dolzarb? Ilgari bu boradagi huquqni qo‘llash amaliyoti yo‘qmidi? degan savol tug‘ilishi tabiiy.  Albatta, bor edi. Ya’ni, sudlanuvchi, uning himoyachisi, qonuniy vakili yoki jabrlanuvchiga birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish imkoniyatini taqdim etuvchi norma milliy qonunchiligimizda mavjud. Ammo ushbu insonparvar tamoyilning Konstitutsiyamizda aks ettirilishi kelgusida bu qoidaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlashiga, fuqarolarimizning manfaatini himoya qilishga xizmat qiladi. 
Yana bir muhim yangilik. Keyingi yillarda nafaqat respublikamiz aholisi, balki butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan ekologik muvozanatni saqlash masalasiga o‘ziga xos yechim bo‘ladigan yangi norma Konstitutsiyaviy qonun loyihasidan o‘rin olishi kutilmoqda. Loyihaning 40-1-moddasi shaklida kiritiladigan mazkur moddada quyidagi normalar o‘rin olgan. Ya’ni, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta’minlash, atrof-muhitga xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning zararli ta’sir ko‘rsatishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi. Shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. 
Bu o‘zgarish albatta jamiyatimizda fuqarolarning ekologik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, ayniqsa, mansabdor shaxslarning tabiat himoyasi uchun mas’uliyatini keskin oshirish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Bundan tashqari, Konstitutsiyamizning yangi 41-2-moddasida o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladigan — O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchining mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog‘lom, barkamol avlodni shakllantirish hamda tarbiyalash, xalqning ma’naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitishning asosi sifatida e’tirof etiladi, davlat o‘qituvchilarning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi, kasbiy jihatdan o‘sishi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qiladi degan normalar kiritilishi nazarda tutilmoqda. 
Bu o‘z navbatida, o‘qituvchi maqomini Konstitutsiya darajasida belgilash, uning kasbiy faoliyati daxlsizligi va davlat himoyasida bo‘lishi pedagog kadrlarning salohiyatini rivojlantirish bilan birga mamlakatimiz ta’lim tizimining yuksalishiga xizmat qiladi. 
Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 56-moddasiga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish bilan jamoat birlashmalarining aniq tasnifi va fuqarolik jamiyati institutlarining davlat dasturlarini ishlab chiqishdagi ishtiroki haqida so‘z boradi. Xususan, ushbu moddaga fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ommaviy axborot vositalari fuqarolik jamiyatining asosini tashkil etadi degan norma qo‘shilishi taklif qilinmoqda. 
Mazkur norma davlat fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash choralarini amalga oshiradi, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish va ijtimoiy sheriklik dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ularning ishtirok etishini ta’minlaydi. 
Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda yoshlarimizning ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, siyosiy huquq-manfaatlarini himoya qilish, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda barcha idora va tashkilotlar mas’uliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘plab qonun hamda qonunosti hujjatlari qabul qilingan. O‘zbekiston Prezidentining Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan o‘tkazgan uchrashuvida ham bu boradagi islohotlarimizning samaradorligini oshirish bilan bog‘liq normalar Bosh qomusimizda ham aks ettirilishi lozimligi qayd etilgan edi. 
Shundan kelib chiqib, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishning konstitutsiyaviy kafolatlarini mustahkamlovchi butunlay yangi norma shakllantirildi. Xususan, 65-1-moddaga yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishi hamda ularning jamiyat, davlat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish davlatning muhim vazifasi ekanligini belgilovchi norma kiritilishi taklif etilayapti. 
Shuningdek, mazkur moddaga davlat yoshlarning ma’naviy, intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta’lim olishga, sog‘lig‘ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo‘lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi lozimligi bilan bog‘liq norma qo‘shilishi kutilmoqda. 
Bundan tashqari, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida mamlakatimizning sud-huquq tizimini inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylantirish borasida o‘zimizga xos yutuq va natijalar, shuningdek, fuqarolardan kelib tushgan ko‘plab takliflar asosida Konstitutsiyada «Advokatura» nomi bilan ataluvchi yangi bob (XXII-I bob) shakllantirildi. Mazkur bobda inson huquqlarini himoya qiluvchi advokatura tizimini kuchaytirishga xizmat qiluvchi bir qator modda va normalar o‘rin olgan. 
Xususan, 116-moddaga jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi, qonunda nazarda tutilgan hollarda yuridik yordam davlat hisobidan ko‘rsatiladi, advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi, advokatura faoliyatini tashkil etish va uning tartibi qonun bilan belgilanadi degan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish taklif etilmoqda.
Shuningdek, yangi 116-1-moddaga quyidagicha norma kiritilishi nazarda tutilmoqda. Ya’ni, advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘siqlarsiz va xoli uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Advokat va uning kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi. Advokatning kasbiy huquqlari, sha’ni va qadr-qimmati qonun bilan muhofaza qilinadi. 
Ta’kidlash joiz, keyingi yillarda har qanday sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning ijrosini nazorat qilishda, erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda kamchiliklarni ochiq-oydin ayta olishda jamoatchilik, shu jumladan ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli ortib bormoqda. Takomillashtirilayotgan Bosh qomusimizda ommaviy axborot vositalari vakillari va ularning faoliyati erkinligini kafolatlash borasida ham o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi belgilanmoqda.
Xususan, Konstitutsiyamizning 67-moddasiga quyidagi yangi normalarni qo‘shimcha tarzida kiritish ko‘zda tutilmoqda: 
Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, axborotdan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi. 
Ommaviy axborot vositalarining va jurnalistlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Ommaviy axborot vositalari o‘zlari taqdim etadigan axborotning to‘g‘riligi uchun javobgardir. 
Bir so‘z bilan aytganda, xalqimizdan kelib tushgan takliflar asosida maromiga yetkazilayotgan, takomillashayotgan Konstitutsiyaviy qonun loyihasi xalqimiz manfaatiga, yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net