TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

30.04.2019 16:20

2019-yilning 30-aprel kuni bir qator OAVda Tula viloyatining Uzlovaya shahrida (Rossiya) O‘zbekiston fuqarosining o‘ldirilganligi to‘g‘risida axborot tarqaldi. Mamlakatimizning Moskva shahridagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi tomonidan olingan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (odam o‘ldirish) ko‘zda tutilgan jinoyat alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Mazkur qotillikni amalga oshirganlikda gumonlanayotgan 34 yoshli erkak qo‘lga olingan.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik izhor etadi hamda Elchixona Konsullik bo‘limi ushbu mudhish hodisani marhumaning jasadini Surxondaryo viloyatiga olib kelishda ko‘maklashish maqsadida nazoratda ushlab turganini ma’lum qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net