Tehronda o?tkazilgan 1-Xalqaro Navro?z Olimpiadasi o?zbekistonlik sportchilar 4 ta medalni qo?lga kiritishdi

15.03.2023 12:25

/“Dunyo” AA/. Joriy yil 10-14 mart kunlari Tehron shahrida ayollar o‘rtasida 1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasi o‘tkazildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA

Mazkur  xalqaro sport musobaqasida O‘zbekiston, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Belarus, Rossiya, Pokiston, Gruziya, Kuvayt, Polsha, Falastin, Malayziya, Indoneziya, Tunis, Nepal, Iroq kabi mamlakatlarning atletlari ishtirok etishdi.

1-Xalqaro Navro‘z Olimpiadasi O‘zbekiston vakillari og‘ir atletika va ot sporti  turlarida ishtirok etishdi.

Turnirda O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 3 ta medalni qo‘lga kiritishdi.  Terma jamoamiz aʼzolari Nigora Abdullayeva 55 kilogrammda, Tursunoy Jabborova +81 kilogramm og‘irlikda oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Rigina Adashboyeva 81 kilogrammda bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Ot sportining konkur yo‘nalishida bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz So‘g‘diyona Abdullayeva kumush medalga sazovor bo‘ldi. Sportchimiz 80 sm. balandlikdagi to‘siqlardan sakrab o‘tish bellashuvida ikkinchi natijani qayd etdi. Shuningdek, balandligi 120 sm. bo‘lgan to‘siqlardan sakrash yo‘nalishida Sofiya Li kuchli o‘nlikdan o‘rin oldi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net