TASHQI ISHLAR VAZIRLIGIDA O?TKAZILGAN VIDEOSELEKTOR YIGʻILISHI TO?G?RISIDA

30.01.2019 15:45

2019-yilning 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov TIV hay’ati a’zolarining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Tadbir mamlakatimiz iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyani jalb qilish, yurtimizda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarni eksportini oshirish, turistlar oqimini ko‘paytirish va O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalariga biriktirilgan mintaqalar iqtisodini rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimiz rahbarining topshiriqlarini bajarishga bag‘ishlandi.

Majlisda O‘zbekistonning xorijiy diplomatik vakolatxonalari rahbarlari videoaloqa orqali ishtirok etdilar.

 Vazir o‘z nutqida ta’kidlaganidek, 2018-yil 11-yanvar kuni Tashqi ishlar vazirligi xodimlari bilan uchrashuv chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev Vazirlik Markaziy apparati va O‘zbekistonning chet eldagi diplomatik vakolatxonalariga xorijiy davlatlar, xalqaro moliyaviy tashkilotlar va boshqa tuzilmalar bilan iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

 Prezidentning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaati va 2019-yil 8-yanvar kuni o‘tkazilgan joriy yil uchun investitsiya dasturiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari ushbu yildagi faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari va aniq maqsadlarni belgiladi.

 Majlisda O‘zbekistonning qator elchilari hisobоtlari tinglandi.

 Tanqidiy tahlil natijalariga ko‘ra, Markaziy apparat va xorijdagi muassasalariga davlat rahbarining 2019-yilga mo‘ljallangan topshiriqlarini so‘zsiz bajarish bo‘yicha muayyan vazifalar yuklatildi.

 Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi Viktor Mahmudov ishtirok etdi.

 

  

Zafar Yuldashkulov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net