Siyosiy partiyalar O?zbekiston Prezidentligiga nomzodlarni ro?yxatga olish uchun hujjatlarni topshirishni yakunladi

02.06.2023 10:33

 /“Dunyo” AA/. Kecha  Xalq demokratik partiyasi hamda Ekologik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat qildilar va nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari taqdim etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Eslatib o‘tamiz, 31 may kuni O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi tomonidan qonunchilikda belgilangan hujjatlar qabul qilib olingan edi.

MSKning ishchi guruhi hamda ekspert guruhlari qonunchilik talablaridan kelib chiqib, taqdim etilgan barcha hujjatlarni tekshirib chiqadi hamda taqdim etilgan hujjatlar, shu jumladan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari qonunchilik talablariga muvofiq bo‘lsa, MSK siyosiy partiyalar tomonidan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olish haqida qaror qabul qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net