Siyosiy partiyalar O?zbekiston Prezidentligiga nomzodlarni ro?yxatga olish uchun hujjatlarni taqdim etmoqda

01.06.2023 10:32

/“Dunyo” AA/. Kecha  “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati –Liberal-demokratik partiyasi Markaziy saylov komissiyasiga (MSK) ushbu partiyalar tomonidan O‘zbekiston Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodlarni ro‘yxatga olishni so‘rab murojaat etdi va qonunchilikda belgilangan hujjatlarni topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Saylov kodeksiga asosan Prezidentlikka nomzod Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinishi lozim. Buning uchun siyosiy partiyaning rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni so‘rab Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etishi kerak.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy saylov komissiyasining qarori bilan tasdiqlangan Kalendar rejaga muvofiq siyosiy partiyalar O‘zbekiston Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olish haqida MSKga murojaat etishining oxirgi muddati 2-iyun hisoblanadi.

Muddatidan ilgari O‘zbekiston  Prezidenti saylovlari 9 iyul kuniga belgilangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net