Siyosiy partiyalar O?zbekiston Prezidenti saylovida ishtirok etish to?g?risida ariza va nomzodlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi

15.05.2023 10:12

“Dunyo”/AA. Amaldagi saylov qonunchiligiga muvofiq, siyosiy partiyalar Markaziy saylov komissiyasiga muddatidan ilgari saylovda ishtirok etish to‘g‘risida ariza va Prezidentlikka bo‘lajak nomzod haqidagi maʼlumotlarni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

MSK maʼlumotiga ko‘ra,  Saylov kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi, shuningdek, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasining vakolatli vakillari  muddatidan ilgari o‘tkaziladigan Prezident saylovlarida ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza, Adliya vazirligining siyosiy partiya davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi maʼlumotnomasi, shuningdek, bo‘lajak nomzod haqidagi maʼlumotni taqdim etdi.

O‘tgan haftada mamlakatimiz siyosiy partiyalari joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish va partiyadan bo‘lajak nomzod bilan bog‘liq masalalarni muhokama qildi.

Siyosiy partiyalarning markaziy organlari yig‘ilishlarida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan – mamlakatimizning amaldagi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Maxmudova, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan, partiya yetakchisi Ulug‘bek Inoyatov, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan  Markaziy Kengash Ijroiya qo‘mitasi raisi Abdushukur Hamzayev nomzodlari davlat rahbarligi uchun muddatidan ilgari bo‘lib  o‘tadigan saylovlarda maʼqullandi.

«Milliy tiklanish» partiyasi O‘zLiDeP bilan birgalikda O‘zbekiston Prezidentligiga Shavkat Mirziyoyev nomzodini qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net