SINGAPUR DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

03.04.2019 14:36

2019-yilning 3-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Singapur Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Davlat katta vaziri, Singapur Janubi-sharqiy okrugi meri Muhamad Maliki Bin Osman boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Suhbatda O‘zbekiston – Singapur munosabatlarini, jumladan BMT va boshqa tashkilotlar doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega loyihalarni amalga oshirishda yetakchi Singapur kompaniyalarining ishtirok etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi va tomonlarda hamkorlikni, avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsion, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni yanada oshirishga qiziqish mavjudligi tasdiqlandi.

Shu nuqtayi nazardan tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarni 7 yillik tanaffusdan so‘ng qayta tiklash to‘g‘risidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Muntazam muloqotlarning ushbu mexanizmi tashqi siyosat idoralariga avval erishilgan kelishuvlarning bajarilishini monitoring qilish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlariga e’tiborni qaratish hamda dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar bo‘yicha fikr almashish imkonini berishi ta’kidlandi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Muzokaralarda Singapur Elchisi Zulkifli bin Baharuddin ishtirok etdi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net