SHAVKAT MIRZIYOYEV “MIRZACHO?L TEKS” KORXONASINI BORIB KO?RDI

31.01.2019 16:26

Ushbu korxona faoliyati uch bosqichli loyiha asosida yo‘lga qo‘yiladi. Birinchi bosqich 2018 yil dekabrda ishga tushirilgan. Xitoy va Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi olib kelib o‘rnatilgan. Yetmishdan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlangan.

Loyihaning ikkinchi bosqichida 240 ish o‘rniga mo‘ljallangan jinsi mato to‘qish yo‘lga qo‘yiladi. Uchinchi bosqichda ip-kalava yigiruv amaliyoti ishga tushadi. 2021 yilgacha korxona to‘liq quvvat bilan ishlashi ko‘zda tutilgan. Bu tumanda 800 ga yaqin ish o‘rni yaratish imkonini beradi.

 Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyatini rivojlantirishga doir muhim ko‘rsatmalar berdi. Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doimiy e’tibor qaratish zarurligini ta’kidladi.

 Shu yerning o‘zida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyiha taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Xususan, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va Belarus Respublikalaridagi elchixonalarimiz tomonidan viloyatga jalb qilingan investitsiyalar taqdimoti, shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan kelgan investorlar o‘z loyihalarini davlatimiz rahbari e’tiboriga havola qildi.

 Taqdimotga ko‘ra, rossiyalik investorlar yoritish uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fransiyalik ishbilarmonlar esa arxitektura oynalarini ishlab chiqarish, mevani qayta ishlashga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Fransiyaga anor, qovun, qizilmiya ildizini eksport qilish rejalashtirilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net